Turkiya-Suriya chegarasi qalin devorlar bilan to'silmoqda

Turkiya va Suriya o’rtasidagi 911 kmlik chegara liniyasining 781 kmi tamomlandi.

870792
Turkiya-Suriya chegarasi qalin devorlar bilan to'silmoqda

Turkiya va Suriya o’rtasidagi 911 kmlik chegara liniyasining 781 kmi tamomlandi.

Chegara liniyasining 781 kmlik qismi 7 tonna og’irlikda va 2 metr kenglikda bo’lgan beton devorlar bilan to’sildi.

Devorning balandligi 3 metrni tashkil qiladi.

Xalq tilida “Turk seddi” deb nomlangan bu devor Xitoy seddi (8850 km) va AQSh-Meksika o’rtasidagi 3500 kmlik devordan so’ng, dunyoning eng uzun 3-devori degan nomga ega bo’ldi.

Chegaraning qolgan qismi bahorda qurib bitkaziladi.

Noqonuniy o’tish yo’llarini oldini olish maqsadida 2015 yili chegaraga chuqurlar qazildi, so’ngra sim to’rlar bilan to’sildi va kuzatish uchun minoralar o’rnatildi.

Buning yetarli emasligi kuzatilgach, chegara beton devorlar bilan to’sila boshladi.

Puxta beton bloklarning yonma-yon o'rnatilishidan hosil bo'lgan devor chegarani mustahkam qo'riqlashda katta ro'l o'ynaydi.

 

 



Aloqador xabarlar