Bosh vazir Binali Yildirim amaliy tashrif bilan Bangladeshga jo’nab ketdi

Turkiya Respublikasi Bosh vaziri Binali Yildirim kasbdoshi Shayx Hasinaning taklifiga binoan bugun Bangladeshga jo’nab ketdi.

870679
Bosh vazir Binali Yildirim amaliy tashrif bilan Bangladeshga jo’nab ketdi

Turkiya Respublikasi Bosh vaziri Binali Yildirim kasbdoshi Shayx Hasinaning taklifiga binoan bugun Bangladeshga jo’nab ketdi.

Binali Yildirim ushbu tashrifi doirasida 19-20-dekabr kunlari poytaxt Dakkada muhim uchrashuvlar o’tkazadi.

Tashrif chog’ida shuningdek Bangladesh-Turkiya o’rtasidagi qardoshlik va do’stlik asosidagi munosabatlarning keng ko’lamli olaroq qo’lga olinishi va Rohinga muammosi bosh bo’lish bilan birga mintaqaviy masalalar haqida fikr almashilishi kutilmoqda.  

Bosh vazir Binali Yildirim Dakka tashrifi ortidan Bangladeshning Koks-Bazar shahriga o’tadi.

U yerda Rohinga musulmonlari jon saqlagan lagerlarga borishni rejalashtirgan Binali Yildirim, muhojirlarning vaziyati va mintaqada Turkiya Respublikasi Bosh vazirligi qoshidagi Turk Hamkorlik va koordinatsiya agentligi, Turkiya Ofat va favqulodda vaziyat ishlari boshqaruvi va Turkiyaning Din ishlari bo’yicha boshqarmasi tomonidan yetkazilgan gumanitar yordam faoliyatlarini ko’rib chiqadi.  



Aloqador xabarlar