Bodrumda noqonuniy chet el safarlariga qarshi keng ko’lamli amaliyot uyushtirildi

Muhojirlar va Fetullahchi terror tashkiloti a’zolarinining Turkiyadan Gretsiyaga noqonuniy yo’llar orqali o’tishini uyushtirgan shaxsning Gretsiya fuqarosi ekanligi aniqlandi.

866529

Turkiyaning Mug’la viloyatining Bodrum tumanidan Gretsiyaning Kos oroliga bo’lgan noqonuniy safarlarning Gretsiya fuqarosi bir kishining uyushtirganligi ma’lum bo’ldi.

Bodrum tumani Bosh prokuraturasi buyurg’i bilan muhojirlar kontrabandasi uchun bir vaqtning o’zida 16 ta manzilga qarshi amaliyot uyushtirildi  

Shu doirada roppa-rosa 3 oydan beri davom etgan keng ko’lamli faoliyat natijasida muhojirlarni jon boshiga o’rtacha 1000 yevro evaziga grek orollariga olib o’tgan tashkilotga katta zarba berildi.

Tashkilotga 37 yoshidagi bir Gretsiya fuqarosining yetakchilik qilganligi aniqlandi.

Aytib o’tish joizki shu doirada avval ham 16 nafari nazorat ostiga olingan tashkilot a’zolari orasidan 4 kishining Ukraina va Moldoviya fuqarosi ekanligi aniqlangan. Shuningdek, 3 oydan beri davom etgan tergov natijasida 9 ta yaxta olib qoyilgan.  

Joriy yilning oktabr oyida Bodrumdan grek orollariga noqonuniy yo’llar orqali o’tishga harakat qilgan FETO a’zolari qo’lga tushgan edi.

Aloqador xabarlar