Turkiyada noqonuniy yo'llar bilan chet elga otlangan 19 muhojir qo'lga tushdi

Istanbuldan yo'lga otlangan muhojirlar orasida ayollar va yosh bolalar ham bor.

859878
Turkiyada noqonuniy yo'llar bilan chet elga otlangan 19 muhojir qo'lga tushdi

 

Turkiyaning Edirne viloyatida noqonuniy yo'llar bilan chet elga otlangan 19 muhojir qo'lga tushdi.

Edirne xavfsizlik boshqarmasi bu haqda ma'lum qildi.

Ma'lumotga ko'ra, qo'lga tushirilgan muhojirlar noqonuniy yo'llar bilan xorij davlatlariga bormoqchi bo'lishgan.

Istanbuldan yo'lga otlangan muhojirlar orasida ayollar va yosh bolalar ham bor.

Ularning aksariyati Suriya fuqarosi.

Muhojirlarni olib ketayotgan transport haydovchisi ham qo'lga olindi.

Tekshiruvlardan ma'lum bo'lganidek, transport haydovchisi ham Suriya fuqarosi bo'lib chiqdi.

Ular Edirnedagi migratsiya boshqarmasiga olib ketildi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Edirne , #muhojir , #Suriya

Aloqador xabarlar