Bekir Bozdag’ va Chavusho’g’li Afrin masalasiga to’xtaldi

Turkiya Respublikasi Bosh vazir o’rinbosari va hukumat voizi Bekir Bozdag’ va Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Afrin masalasiga to’xtaldi.

858692
Bekir Bozdag’ va Chavusho’g’li Afrin masalasiga to’xtaldi

Bosh vazir o’rinbosari va hukumat voizi Bekir Bozdag’ Suriyaning Afrin shahridagi oxirgi vaziyatning rossiyalik, amerikalik va eronlik rasmiylar bilan qo’lga olinganligini qayd etdi.  

Bekir Bozdag’ “Anadolu” axborot agentligining kun tartibi haqidagi savollariga javob berdi.

Suriyadagi oxirgi vaziyat doirasida Turkiya tarixidagi Afrinning o’rniga to’xtalgan Bozdag’ bu haqida:

“U yerda PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG/ PYD terror tashkilotining Turkiyada xavf tug’dirishiga ko’z yumolmasligimizni avval ham ta’kidlagan edik. Agar Turkiyaga ziyon berilgudek bo’lsa bunga jimgina qarab turmasligimizni ham qayd etdik. Afrinda Turkiyaga ziyon yetkaziladigan vaziyatlarning tug’dirilishiga ruxsat bermasligimizni Amerika, Rossiya, va Eron bilan bo’lib o’tgan uchrashuvlarimizda kun tartibiga olib chiqdik. Nomi tilga olingan mintaqada bo’lgan voqealarning hammasi bizning eng asosiy kun tartibimiz hisoblanadi. Shu doirada Afrin ham. Rossiya, Amerika va Eron bilan bu haqidagi muhokamamiz haligacha davom etmoqda. Yaqinda u yerlarda yana nimalar bo’lishi haqida hozirdan biron nima deyish murakkab albatta. Shuning uchun ham kerakli choralar vaqti kelganda amalga ko’riladi. Yani kerakli vaziyatda Turkiya xalqimiz va davlatimiz huquqini, kelajagini, xavfsizligi va tinchligini himoya qilishdan bosh tortmadi, bundan keyin ham bosh tortmaydi” dedi.

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho'g'li ham Afrinning terroristlardan qutqarilajagini qayd etdi. Shu doirada, "Xavf tug'ilgudek bo'lsa unda Afringa kiramiz. Afringa kirib mintaqani terroristlardan qutqaramiz" dedi. 

Amaliy tashrif doirasida Turkiya-Ozarbayjon-Pokiston Tashqi ishlar vazirlari huzuridagi uchlik yig’ilishda ishtirok etish uchun Ozarbayjon poytaxti Bokuga borgan Mevlut Chavusho’g’li u yerda Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri Elmar Mammadyarov va Pokiston Tashqi ishlar vaziri Xo'ja Mohammad Asif bilan uchrashdi.  

Chavusho’g’li ushbu uchrashuvlar ortidan kasbdoshlari bilan birga matbuot anjumani uyushtirdi.

Mevlut Chavusho’g’li anjumanda Suriyadagi oxirgi vaziyatga to’xtalar ekan shu doirada:

“DEASh, Kilis uchun xavf tug’dirganida hech ikkilanmay mintaqaga qanday qilib kirib uni yo’q qilgan bo’lsak Afrin yoki boshqa bir mintaqadan keladigan xavfga qarshi ham huddi ana shu yo’lni tutamiz va mintaqani terroristlardan qutqaramiz. Prezidentimiz Rajap Tayyip Erdog’an ham aytganidek bir kun kechasi, kutilmagan joydan kirib borishimiz mumkin” deya gapirdi.

Amerika Qo’shma Shtatlari tomonidan PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG/ PYD terror tashkilotiga berilgan qurollar haqidagi AQSh rasmiylari bergan bayonotga ham to’xtalgan Chavusho’g’li,

AQSh Prezidenti Trumpning o’zi, hurmatli Prezidentimizga telefon orqali bo’lib o’tgan muloqat chog’ida bundan buyon YPG terror tashkilotiga qurol berilmasligi haqida gapirgan edi. Biz AQShning ichki ishlariga aralashmaymiz lekin Pentagon o’z rahbariga quloq solmagudek bo’lsa unda vaziyat bizni ham qiziqtiradi. Chunki ularga berilgan qurollar biz uchun xavf tashkil etadi. AQSh kabi dunyoning muhim bir davlatining bergan va’dasining ustidan chiqishi darkor. Biz Turkiya sifatida bunga katta ahamiyat beryapmiz va bergan vadalarimizning ham ustidan chiqdik” degan ifodalarga o’rin berdi.

 



Aloqador xabarlar