Harbiy TF-X uchog’ining 2023-yili parvoz qildirilishi rejalashtirilmoqda

Bosh vazir Binali Yildirimning Angliya tashrifiga hamrohlik qilgan Janikli poytaxt Londonda jurnalistlar savoliga javob berdi.

857056
Harbiy TF-X uchog’ining 2023-yili parvoz qildirilishi rejalashtirilmoqda

Milliy Mudofaa vaziri Nurettin Janiklining aytishicha, harbiy TF-X uchog’ining 2023-yili parvoz qildirilishi rejalashtirilmoqda. 

Bosh vazir Binali Yildirimning Angliya tashrifiga hamrohlik qilgan Janikli poytaxt Londonda jurnalistlar savoliga javob berdi.

Harbiy TF-X uchog’ining Turkiya uchun muhim loyiha ekanligini eslatib o’tgan Janikli,

“Iloji boricha eng qisqa vaqt ichida barcha faolatlarni amalga oshiramiz. Aslo kechiktirilmaydi. Aniq, mana shu kuni deb aytolmayman lekin hozirda eng asosiy maqsadimiz 2023-yili parvoz qildirishdir” dedi.

Loyihaning eng avvalo Turkiyaning ehtiyojini qondirish maqsadida yo’lga qoyilganligini ifoda etgan Janikli, dunyoning bir necha davlatidan texnologiya jihatidan yordam olinganligini, shu doirada Angliyaning ham loyihada o’rin olganligini qayd etdi.

S-400 zenit-raketa komplekslarining ham Turkiyaga 2019-yili kirib kelajagini belgilab o’tgan Janikli,

“Hech qanday muammo yo’q. Hurmatli Prezidentimiz ham aytib o’tganidek u masala hal qilindi. Foydalanish asosidagi barcha nazorat ishlari bizning qo’limizda bo’ladi. Do’st va dushmanni tanish tizimi ham o’zgartiriladi. Shuning uchun ham NATO unsurlari uchun hech qanday xavf tashkil etmaydi” deya gapirdi. 



Aloqador xabarlar