Erdog’an islom dunyosini makkor senariylardan xushyor bo’lishga undadi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Islom dunyosini islom hamkorligini yo’q qilishga harakat qilgan makkor senariylarga qarshi xushyor bo’lishga undadi.

852931
Erdog’an islom dunyosini makkor senariylardan xushyor bo’lishga undadi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Islom dunyosini islom hamkorligini yo’q qilishga harakat qilgan makkor senariylarga qarshi xushyor bo’lishga undadi.

Erdog’an Istanbul kongress markazida Islom hamkorlik tashkiloti Iqtisodiy va savdo hamkorligi Doimiy qo’mitasining navbatdagi yig’ilishida ishtirok etib, nutq so’zladi.

Erdog’an ushbu nutqida iqtisodiy, ijtimoiy va savdo masalalar bilan birga Islom dunyosining oxirgi vaziyatini qo’lga olajaklarini qayd etdi.

Islom dunyosi sifatida oxirgi yillarda og’ir jarayonni boshdan kechirayotganliklarini ta’kidlagan Prezident Erdog’an,

“G’arb davlatlari o’z tarixida qanchalik kasal qiluvchi unsurlar bo’lsa ana shularning hammasini islom dunyosiga eksport qilib, o’z kelajaklarini kafolat ostiga olishga harakat qilmoqda. Ular islom dunyosining birlik va birdamligini, boyligini, eng muhimi kelajagini yo’q qilishga qaratilgan dahshatli senariy yo’lga qoymoqdalar” deya gapirdi.

Erdog’an DEASh, al-Qoida, Boko Haram, PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG/ PYD, Fetullahchi terror tashkiloti kabi qotillarning mintaqaning to’rt burchagini qon ko’liga aylantirganliklarini belgilab o’tdi.

G’arb davlatlarining Suriya va Arakandagi dahshatli voqeani jimgina tomosha qilib o’tirishi orqali haqiqiy yuzini ko’rsatganligini eslatgan Erdog’an,

“G’arbda demokratiya, inson huquqlari, erkinliklar kabi qadriyatlarning o’rnini borgan sayin islom diniga qarshi turish, yanginatsizm va irqchilik tushunchalari ola boshladi” deya gapirdi.

Erdog’an,

“Islom davlatlari tomonidan g’arbga berilgan yuzlab milliard dollarlik qurol buyurtmalarining haqiqiy g’oliblari kim? Har kuni besh marotaba bitta qiblaga qarab ibodat qilgan qardoshlarimizning urug’, mazhab, mafkuraviy farqlar ustidan bir-biriga dushman bo’lishlari kimlarga foyda bermoqda? Yurtimizning aslida sun'iy chegaralar bilan bo’linishi aslida kimlarga foyda? Bu savollarning javobi bizning ko’z qarashimizni o’zgartirishiga, masalalarga yana-da farqli jihatdan qarashimizga yo’l ochishiga ishonchim komil. Buni amalga oshirganimizda tuzoqlarni ham buzamiz, birovlarning bizga ziyon yetkazishiga ham to’siqlik qilgan bo’lamiz” deya gapirdi.  

Prezident Erdog’an,

“Kimlar tomonidan kashf etilganligi, oziqlantirilganligi, parvarish qilinganligi yashirin bo’lmagan terror tashkilotlarining faoliyatlari ustidan barcha musulmonlarning quruq tuhmatga qoldirilishi, shu va shunga o’xshash bahonalar bilan eng asosiy huquqlarining ham bosib olinishi haqiqiy niyatni yaqqol ko’rsatmoqda” deya gapirdi.



Aloqador xabarlar