Erdog’an bilan Putin uchrashuvlari ortidan matbuot anjumani uyushtirdi

Davlat tashrifi bilan Rossiyaga borgan Prezident Erdog’an Putin bilan o’zaro va hay’atlararo uchrashuvlari ortidan mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.

847011
Erdog’an bilan Putin uchrashuvlari ortidan matbuot anjumani uyushtirdi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Turkiya-Rossiya munosabatini mustahkamlash borasida rossiyalik kasbdoshi Vladimir Putin bilan kelishib olganliklarini qayd etdi.   

Davlat tashrifi bilan Rossiyaga borgan Prezident Erdog’an Putin bilan o’zaro va hay’atlararo uchrashuvlari ortidan mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.

Turkiya-Rossiya o’rtasida nafaqat siyosiy balki iqtisodiy munosabatlarning ham o’z yo’liga kirganligini belgilab o’tgan Erdog’an qishloq-xo’jaligi va viza cheklovlari borasidagi muammoning yirik qismining hal qilinganligidan xursand ekanligini eslatib bu borada:

“Siyosiy munosabatimiz bilan birga iqtisodiy munosabatlarimiz ham o’z yo’liga kirdi desak mubolag’a bo’lmaydi. Shu yilning mart oyidagi tashrifim chog’ida ba’zi qishloq-xo’jaligi mahsulotlarining Rossiyaga olib kirilishiga ruxsat berilishi, fuqarolarimizning ish ruxsatnomasi masalasida qadrli do’stim Putin bergan suyunchli yangiliklar bizni g’oyat xursand qildi. Undan keyingi vaqt davomida o’zaro iqtisodiy hamkorligimiz oldidagi barcha to’siqliklarni bartaraf qilish uchun hormay-tolmay mexnat qildik” deya gapirdi.

Turkiyadan Rossiyaga olib kirilmoqchi bo’lgan qishloq-xo’jaligi mahsulotlari masalasidagi oxirgi cheklovlarining ham bekor qilinishini taklif qilgan Prezident Erdog’an,

“Eng avvalo ishbilarmonlarimiz oldidagi viza bosh bo’lish bilan birga barcha to’siqliklarni bartaraf qilishimiz darkor. Chunki savdo hajmimizni 100 milliard AQSh dollariga chiqarish to’g’risidagi maqsadimizga erishishimiz uchun viza masalasining eski holiga qaytarilishi muhimdir. Undan tashqari bugungi kundagi Turk oqimi va Akkuyu loyihasidagi hamkorligimizni muhokama qildik. Bu loyihalarning o’z vaqtida yo’lga qoyilishi masalasiga alohida e’tibor bermoqdamiz” dedi.  

Rossiya bilan madaniyat va turizm sohasidagi munosabatlarni ham yana-da mustahkamlamoqchi ekanliklarini qayd etgan Prezident Erdog’an,

“Bu yilning 9 oyi davomida Turkiyaga 4 milliondan ortiq rossiyalik sayyoh keldi. 2019-yili ikki mamlakat o’rtasida uyushtiriladigan madaniyat yili, bu say-harakatlarimizga muhim ijobiy hissa qo’shadi” dedi.

Uchrashuv davomida mintaqaviy va xalqaro masalalarni ham kun tartibiga olib chiqqanliklarini belgilab o’tgan Erdog’an,

“Ostona muzokaralarida Suriya muammosini hal qilish borasida muhim faoliyatlar olib bordik. Qo’lga kiritilgan natijada muammoni siyosiy yo’llar orqali hal qilish to'g'risida kelishib olindi” deya gapirdi.

Mudofaa sanoati sohasida birgalikda olib boriladigan faoliyatlarga ham alohida e’tibor berganliklarini ta’kidlagan Erdog’an, Putin va boshqa rossiyalik rasmiylarga mehmondo’stligi yuzasidan minnatdorchilik bildirdi.

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin esa o’zaro munosabatlarning 2015-yildagi uchoq muammosidan oldingi saviyaga olib chiqilganining eng muhim ko’rsatkichlaridan birining, ortgan savdo hajmi ekanligini ta’kidladi.  

Putin,

“Umid qilamizki bu yilning oxirigacha o’tgan yilgi pasayishning o’rnini to’ldiramiz. Turkiyadan qishloq-xo’jaligi mahsulotlarining takror import qilinishi uchun Erdog’an bilan kelishib oldik. Qolgan cheklovlarning bekor qilinishi borasidagi kerakli faoliyatlarni ham kun tartibiga olib chiqdik” dedi.  

Putin elektr energiyasi masalalarida ham ikkala mamlakat rasmiylarining fikrlarini olganliklarini eslatib, strategik hamkorlikning baholanganligini qayd etdi. Vladimir Putin Turk oqimi va Akkuyu atom stansiyasi loyihalaridagi oxirgi vaziyatni ham qo’lga olganliklarini ifoda etdi.

Erdog’an bilan Suriya masalasini ham muhokama qilganliklarini qayd etgan Putin barcha mintaqaviy masalalarda fikr almashganliklarini eslatib,

“Bu boradagi faoliyatlar muvaffaqiyatli ravishda davom etmoqda. Buning natijasida Suriyadagi shiddat kamaydi Buning uchun Hurmatli Erdog’anga faoliyatlari uchun minnatdorchilik bildirib o’tmoqchiman” dedi.

Energiya sohasidagi strategik hamkorlik masalasini tegishli vazir va tashkilot rahbarlari bilan birgalikda baholaganliklarini ifoda etgan Putin,

“Bu yerda eng avvalo Turk oqimi loyihasi haqida gapirishimiz darkor. Turkiyadagi Akkuyu atom stansiyasining qurilishi borasidagi faoliyatlar kutilmagan vaqtda boshlab qolish ehtimoli bor” dedi.  

Vladimir Putin o’z so’zini Erdog’anga minnatdorchilik bildirish bilan yakunladi.

 

 



Aloqador xabarlar