Bosh vazir Binali Yildirimning AQShga tashrifi yakunlandi

AQSh tashrifi ortidan Turkiyaga qarab yo’l olgan Binali Yildirim safar qilishdan oldin jurnalistlarning kun tartibi haqidagi savollariga javob berdi.

845401
Bosh vazir Binali Yildirimning AQShga tashrifi yakunlandi

Bosh vazir Binali Yildirim Amerika Qo’shma Shtatlari vitse-prezidenti Mike Pence  bilan bo’lib o’tgan uchrashuvining samarali o’tganligini qayd etdi.

Binali Yildirim Nyu-York Bosh konsulligida Turk va qardosh xalqlar vakillari bilan uchrashuv o’tkazdi.

Ushbu uchrashuv ortidan juma namozi o’qish uchun “Eyup Sultan” nomidagi madaniyat markazi jome’ masjidiga borgan Bosh vazir masjidda, Musulmon jamoalarining vakillari bilan suhbat qildi.

AQSh tashrifi ortidan Turkiyaga qarab yo’l olgan Binali Yildirim safar qilishdan oldin jurnalistlarning kun tartibi haqidagi savollariga javob berdi.

Amerika Qo’shma Shtatlari vitse-prezidenti Mike Pence bilan bo’lib o’tgan uchrashuvining samarali o’tganligini qayd etgan Yildirim, “Ikki mamlakat o’rtasidagi masalalar, mintaqaviy mavzular haqida gaplashtik. Umuman olganda bundan keyingi munosabatlarimizni yana-da yaxshilash borasida kelishib oldik” deya gapirdi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti  Bosh kotibi Antonio Guterres bilan ham uchrashganligiga e’tibor qaratgan Yildirim, u yerda Arakandagi oxirgi vaziyat, Suriyadagi urushning to’xtatilishi va bu muammolarni to’lig’i bilan hal qilishlik uchun kerakli faoliyatlarda Birlashgan Millatlar Tashkilotining yana-da faol rol olishi va shunga o’xshash mintaqaviy masalalarni baholaganliklarini qayd etdi.

Bayonotlari ortidan bir jurnalist tomonidan AQSh vitse-prezidenti Mike Pence bilan bo’lib o’tgan uchrashuvi chog’ida, FETO to’daboshi Fetullah Gulen va AQShning PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPGga qurol berishi masalalarining kun tartibiga olib chiqilganligini eslatgan holda “Qisqa yoki o’rta muddatli konkret qadamlar kutish kabi niyatingiz bormi?” degan savoliga qarshi Bosh vazir:

“Albatta, biz kerakli masalalarni qo’lga oldik. Buning natijasida nimalar kutishimizni ham yetkazdik. Ular ham bizga bu borada hech qanday salbiy mazmunda javob bergani yo’q. Bu mavzularning biz uchun qanchalik muhim ekanligini bilishlarini ham yetkazdi. Shunday ekan bunda keyingi jarayonni kuzatib boramiz. Turkiya ham shunga qarab qadam tashlaydi. Maqsadimiz o’zaro munosabatlarimizni yana-da sovutish emas aksincha rivojlantirish, yaxshilash. Bu vaziyat har ikki mamlakatni ham yaxshilikka erishtiradi. Shu jihatdan ijobiy kun tartibi masalasi ustidan faoliyat olib borishni davom ettiramiz” deb javob berdi.

Bosh vazir Binali Yildirim AQShdagi tashrifi ortidan xususiy uchoq bilan Turkiyaga qaytdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Binali Yildirim , #AQSh , #Turkiya

Aloqador xabarlar