Turkiya milliy mudofaa vaziri Nurettin Janikli AQSh mudofaa vaziri bilan uchrashdi

“Ikki davlat mudofaa vazirlari NATO mudofaa vazirlari yig’ilishi doirasida uchrashib, AQSh bilan Turkiya o’rtasida mudofaa sohasi bo’yicha hamkorlik aloqalarini ko’zdan kechirdilar”,-deyiladi bayonotda.

844142
Turkiya milliy mudofaa vaziri Nurettin Janikli AQSh mudofaa vaziri bilan uchrashdi

Turkiya milliy mudofaa vaziri Nurettin Janikli Belgiyadagi NATO mudofaa vazirlari yig’ilishi doirasida NATO qarorgohida bo’ldi.

Nurettin Janikli qarorgohda NATO bosh kotibi Jens Stoltenberg va AQSh mudofaa vaziri James Mattis bilan uchrashdi.

Bo’lib o’tgan uchrashuv taxminan yarim soat davom etdi.

Uchrashuv tafsilotlari haqida ma’lumot berilmadi.

Nurettin Janikli so’ngra, AQSh mudofaa vaziri James Mattis bilan uchrashdi.

Pentagon kotibi Dana Vhite uchrashuv tafsilotlariga doir yozma bayonot berdi.

“Ikki davlat mudofaa vazirlari NATO mudofaa vazirlari yig’ilishi doirasida uchrashib, AQSh bilan Turkiya o’rtasida mudofaa sohasi bo’yicha hamkorlik aloqalarini ko’zdan kechirdilar”,-deyiladi bayonotda.

“James Mattis 23 avgust kuni Ankaradagi uchrashuvlardan so’ng, Turkiyaning global xavfsizlikka va DAIShni mag’lub etishga hissa qo’shgani uchun Nurettin Janikliga minnatdorlik bildirdi. Mattis Turkiya oldidagi tahdidlarning farqida ekanini va AQSh hukumati terror tashkiloti PKK va boshqa ekstremist guruhlarga qarshi Turkiyani himoya qilishga tayyor ekanligini ma’lum qildi”,-deydi Pentagon kotibi Dana Vhite.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #AQSh , #Nurettin Janikli , #mudofaa , #NATO , #Brussel

Aloqador xabarlar