Kreml Erdog’an-Putin uchrashuvi haqida bayonot berdi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdog’an bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putin 13 noyabr kuni Sochi shahrida uchrashadi.

843957
Kreml Erdog’an-Putin uchrashuvi haqida bayonot berdi

Kreml Erdog’an-Putin uchrashuvi haqida bayonot berdi.

Kremlning tashqi siyosat bo’yicha maslahatchisi Yuriy Ushakov Moskvada muhbirlarga bergan intervyusida Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdog’an bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putin 13 noyabr kuni Sochi shahrida uchrashishini ma’lum qildi.

Uning aytishicha, mazkur uchrashuvda Suriya inqiroziga siyosiy yechim topish yo’llari muhokama qilinadi.

“Suriya xalqlari kongressiga doir tayyorgarliklar ham uchrashuvda muhokama qilinishi kutilmoqda”,-deydi Yuriy Ushakov.

Eslatib o’tish joizki, 2015 yilning 24 noyabr kuni Rossiya harbiy samolyotining Turkiya F-16 harbiy samolyoti tomonidan urib tushirilishi oqibatida ikki davlat munosabatlariga jiddiy putur yetgan edi.

Rossiya-Turkiya munosabatlarini mana shu hodisadan oldingi saviyaga qayta tiklash tashabbuslari o’z samarasini bermoqda.

 



Aloqador xabarlar