Prezident Erdog’an Shavkat Mirziyoyevni rasmiy marosim bilan kutib oldi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an amaliy tashrif bilan Turkiyaga kelgan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy marosim bilan kutib oldi.

834339
Prezident Erdog’an Shavkat Mirziyoyevni rasmiy marosim bilan kutib oldi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an amaliy tashrif bilan Turkiyaga kelgan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy marosim bilan kutib oldi.

Ushbu kutib olish marosimi Prezident saroyining darvozasida boshlar ekan hamon ortidan Shavkat Mirziyoyev bilan Rajap Tayyip Erdog’an shohsuppaga ko’tarildilar.  O’zbekiston va Turkiyaning davlat madhiyalari yangrar chog’ida esa zambaraklardan 21 marotaba to’p otildi.

Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortar ekan ayni vaqtda marosimda tarixiy 16 ta Turk davlatining ramzi hisoblangan bayroqlar ham o’rin oldi.

Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan o’tar ekan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev faxriy qorovul safini “Merhaba asker” deb salomladi.

Ikkala mamlakat hay’atlarining taqdimi ortidan Erdog’an bilan Mirziyoyev narvonlarda Turkiya va O’zbekiston bayroqlari oldida suratga tushdi.

O’zaro va hay’atlaro uchrashuvlar ortidan ikkala mamlakat o’rtasidagi shartnomalarga qo’l qo’yish marosimi uyushtiriladi.

Uchrashuv yakuni bo’yicha Prezident Erdog’an bilan Shavkat Mirziyoyev qo'shma matbuot anjumani uyushtiradi.

Prezident Erdog’an faxriy mehmoni hurmatiga ziyofat ham beradi.

Marosimda Bosh vazir o’rinbosari Hakan Chavusho’g’li, Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li, Iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi, Milliy Mudofaa vaziri Nurettin Janikli, Madaniyat va turizm vaziri Numan Kurtulmush, Prezidentlik apparati Bosh kotibi Faxriy Kasirga, Prezidentlik apparati Matbuot xizmati voizi Ibrahim Kalin va Anqara gubernatori Erjan Topaja ham ishtirok etdi.

 



Aloqador xabarlar