Rivojlangan sakkiz davlat lideri ertaga Istanbulda uchrashadi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’anning ishtirokida Rivojlangan sakkizta davlat tashkilotining navbatdagi sammiti ertaga Istanbulda o’z ishini boshlaydi.

830624
Rivojlangan sakkiz davlat lideri ertaga Istanbulda uchrashadi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’anning ishtirokida Rivojlangan sakkizta davlat tashkilotining navbatdagi sammiti ertaga Istanbulda o’z ishini boshlaydi.

“Hamkorliklar orqali imkonlar yaratish” deb nomlangan sammit ertaga Rivojlangan sakkizta davlat tashkilotining yigirmanchi yilligiga teng kelishi jihatidan alohida o’ringa ega.

Prezident Erdog’anning ishtirokida bo’lib o’tadigan sammitda a’zo davlat va hukumat rahbarlari, oliy darajali vakillar shuningdek, tashkilot tarkibida o’rin olmagan lekin alohida mehmon sifatida taklif qilingan ba’zi davlat rahbarlari va xalqaro tashkilotlarning bosh kotiblari ishtirok etadi.

Sammit doirasida bugun Rivojlangan sakkizta davlat Tashqi ishlar vazirlarining yig’ilishi ham o’tkazilmoqda.

Ko’proq savdo va iqtiosdiy hamkorlik mavzulari kun tartibiga olib chiqiladigan sammitda mavjud mintaqaviy va global masalalarning qo’lga olinishi uchun imkon yaratiladi.

Sammitda shuningdek tashkilot ichida turli sohalarda davom ettirilgan hamkorlik faoliyatlarning tezlashtirilish masalasi ham ko’rib chiqiladi.

Aytib o’tish joizki Turkiya, Eron, Pokiston, Bangladesh, Malayziya, Indoneziya, Misr va Nigeriya a’zoligidagi Rivojlangan sakkizta davlat tashkilotiga 1997-yili asos solingan.



Aloqador xabarlar