TBMM bugun bu yilgi yangi faoliyatini boshladi

Prezident Erdog’an Turkiya Buyuk Millat majlisining 26-sessiyasining ochilish marosimida nutq so’zladi.

817792
TBMM bugun bu yilgi yangi faoliyatini boshladi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Turkiya tuprog’iga qarshi xavf tug’diradigan faoliyatlarning uyushtirilishiga ko’z yummoqchi emasliklarini qayd etdi.

Prezident Erdog’an Turkiya Buyuk Millat majlisining 26-sessiyasining ochilish marosimida nutq so’zladi.

O’z nutqida Iroq Kurd Mintaqaviy ma’muriyati tomonidan 25-sentabr kuni noqonuniy ravishda o’tkazilgan referendumning hech qanday kelajagi yo’qligini ta’kidlagan Erdog’an,

“IKMM tashlagan qadamning natijasi yaxshi emas. Fitnalik qudig’i qazilishiga ko’z yumolmaymiz. Biz turkmanlar shahri deb bilgan Kerkuk ustidan tahdid qilinishimizga aslo befarq bo’lolmaymiz. Bunga hali javob ham beradilar. IKMM rahbariyati oxir oqibat xusronga uchraydi. Shunday ekan bu xatodan eng qisqa vaqt ichida qaytishlarini umid qilib qolamiz. IKMM rahbariyati bu xatodan qaytganidan keyin Turkiya ular yonida bo’ladi” dedi.  

Erdog’an,

“Arbildagi kurdlarning huquqini himoya qilishlik Mosuldagi arablarning, Kerkukdagi turkmanlarning huquqini ko’rmaslikga olishlik degan ma’noni anglatmaydi” dedi.

Terrorga qarshi kurashda Turkiyaning hafsalasini pir qilganlar orasida Yevropa ittifoqi tarkibidagi davlatlarning eng oldingi o’rinda turganligini belgilab o’tgan Erdog’an,

“Turkiyaning Yevropa ittifoqiga a’zo bo’lishiga ochiq-oydin qarshilik ko’rsatgan davlatlarning, terror tashkilotiga bo’lgan yumshoq muomalasidan bezovtamiz albatta. Bugungi kunda Yevropa, terror tashkilotiga a’zo bo’lgan terroristlarning sayohat diyori va hatto Turkiyaga qarshi har qanday tadbir o’tkazadigan yurtga aylandi” degan ifodalarga o’rin berdi.

Turkiyaning Yevropa ittifoqiga ehtiyoji ham qolmaganligini ta’kidlagan Erdog’an,

“Agar YI bugungi kunda keskin va yirik o’zgarishga qo’l urmoqchi bo’lsa unda buning bittayu-bitta yo’li Turkiyani o’z tarkibiga qo’shib olishidir. Ortidan haqiqiy iqtisodiy va madaniy kengayish harakatini boshlatishdir. Agar YI buni amalga oshirgudek bo’lsa unda biz shu yerdamiz. Yevropaning kelajagiga hissa qo’shishlikdan xursand bo’lamiz. Amalga oshirmagudek bo’lsa unda biz o’z yo’limizda olg’a qarab, shaxdam qadamlar tashlashni davom ettiramiz” deya gapirdi.  

Favqulodda vaziyatga ham to’xtalgan va bu vaziyatning mamlakat ustida hech qanday salbiy ta’siri yo’qligini qayd etgan Erdog’an,

“Bugungacha terror tashkilotlari va ular a’zolaridan boshqa Favqulodda vaziyatdan hech kim ziyon ko’rgani yo’q” dedi.

Terrorga qarshi kurashda yetib kelingan nuqtaga ham to’xtalgan Prezident Erdog’an,

“Mudofaa sanoati va texnologiya tarmog’ida biz yetgan yutuq natijasida, ayniqsa o’z hududimizda, terror tashkilotini oldiga, bir qadam ham tashlay olmaydigan vaziyatga olib keldik” dedi.



Aloqador xabarlar