Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiyaga tashrif buyurdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin bugun poytaxt Ankarada Turkiya Prezidenti R.T.Erdo’g’an bilan uchrashadi.

816006
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiyaga tashrif buyurdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin bugun Turkiyaga tashrif buyurdi.

Putin poytaxt Ankarada Turkiya Prezidenti R.T.Erdo’g’an bilan uchrashdi.

Ikki davlat rahbarlari kun tartibidagi dolzarb masalalar bo'yicha fikr almashdilar.

Jumladan, Turkiyaga chegaradosh bo’lgan Iroq va Suriyadagi vaziyat hamda dolzarb mintaqaviy o’zgarishlar muhokama qilindi.

Bundan tashqari, Suriyada keskinlikdan holi zonani tashkil qilish masalasi atroflicha ko’zdan kechirildi. Bu jarayonda eng nozik masala, Halabdan qochgan insonlarga boshpana bo’lgan Idlibdagi ahvol.

Shuningdek, Iroqda o’tkazilgan mustaqillik referendumi va uning natijalari muhokama qilindi.

Bu masalada Turkiya bilan Rossiya hamfikr ekanini aytish mumkin.

Rossiyadan 2 yil ichida olinishi rejalangan S-400 raketa mudofaa sistemasi, Turk oqimi va Akkuyu atom stansiya loyihalari ham uchrashuvdagi eng dolzarb mavzulardan biri bo’lib hisoblandi.

 



Aloqador xabarlar