Bekir Bo’zdag’:"Mesud Barzaniy o’t bilan o’ynamoqda..."

Turkiya bosh vazir o’rinbosari va hukumat kotibi Bekir Bo’zdag’ Iroq kurd mintaqaviy boshqaruvi rahbari Mesud Barzaniyni qattiq ogohlantirdi.

813032
Bekir Bo’zdag’:"Mesud Barzaniy o’t bilan o’ynamoqda..."

Turkiya bosh vazir o’rinbosari va hukumat kotibi Bekir Bo’zdag’ Iroq kurd mintaqaviy boshqaruvi rahbari Mesud Barzaniyni qattiq ogohlantirdi.

“Barzaniy o’t bilan o’ynamoqda. Bu o’t avvalo o’zini, keyin esa uni qo’llab quvvatlagan kuchlarni kuydiradi”,-deya ta’kidlaydi Bekir Bo’zdag’.

Barzaniyni aql bilan ish yuritishga chaqirgan Bo’zdag’: “Turkiya Respublikasi Iroq kurd mintaqaviy boshqaruvining mustaqillik referendumini qoldirishini emas, balki umuman bu niyatidan voz kechishini talab qiladi. Qoldirish - kelgusida takror referendum o’tkazishga rozilik demakdir. Biz bu referendumning kelgusida ham o’tkazilishiga rozi emasmiz. Referendumni takrorlamaslik sharti bilan butkul bekor qilinishini talab qilamiz, chunki bunday referendum bugungi kunda ham, kelajakda ham mintaqada katta inqirozlarga, oldi olinmaydigan falokatlarga olib keladi”,-dedi.

 



Aloqador xabarlar