Mevlud Chavushog'lu, terrorizmning asosiy sababini bartaraf qilish kerakligini izohladi

Mevlud Chavushog'lu, dinlar bilan ovora bo'lish o'rniga terrorning asosiy sababi bilan ideologiyasini bartaraf qilish kerakligini izohladi.

811141
Mevlud Chavushog'lu, terrorizmning asosiy sababini bartaraf qilish kerakligini izohladi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavushog'lu, dinlar bilan ovora bo'lish o'rniga terrorizmning asosiy sababi bilan ideologiyasini bartaraf qilish kerakligini izohladi.

Chavushog'lu, Birlashgan Millatlar 72. umumiy kengashi doirasida Nyu Yorkda o'tkazilgan terrorga qarshi kurash forumining 8. vazirlar yig'ilishida so'zga chiqdi.

Chavushog'lu, "Deash va bunga o'xshash boshqa terror tashkilotlarini yo'q qilish o'rniga musulmonlar va islomga hujum qilayaptilar. Myanmada sodir etilganlar uchun budizm yoki budistlarni ayblab bo'lmaydi. Dinlarga to'xtalish o'rniga terrorning sababi va ideologiyasini yo'q qilish kerak" dedi.

Chavushog'lu, terrorga qarshi kurashish uchun bir terror tashkilotidan ko'mak olib boshqa terror tashkilotini yo'q qilib bo'lmasligiga diqqat qaratib, so'zlarini quyidagicha davom ettirdi: "Terror tashkilotlarining ideologiyalarini yo'q qilish kerak. Asosan Yevropa, Yevropa Parlamenti, YI a'zosi davlatlarda marksizm, komunizm kabi mafkuraga ega bo'lgani uchun ularni himoya qilgan siyosiy partiya va siyosatchilar mavjud. Menim hech qaysi ideologiyaga qarshiligim bo'lmadi, lekin faqat sizning mafkurangizni bahamlashgani uchu bir terror tashkilotini dastaklashingiz noto'g'ri. Yevropada ayrim siyosatchilarning terror tashkiloti PKKni qo'llab-quvvatlaganini ko'rayapmiz" deb ifoda etdi.

Chavushog'lu, Jamg'arma sug'urta fondining Turkiyaga terrorga qarshi kurashida muhim roli bo'lganini va Turkiyaning ham ushbu forumda moliyaviy jihatdan hissa qo'shib faol bo'lishga davom etishini ham ifoda etdi.



Aloqador xabarlar