Bosh vazir Yildirim iroqlik kasbdoshi Haydar al-Abadiy bilan muloqat qildi

Bosh vazir Binali Yildirim Iroq Bosh vaziri Haydar al-Abadiy bilan telefon orqali muloqat qildi.

808220
Bosh vazir Yildirim iroqlik kasbdoshi Haydar al-Abadiy bilan muloqat qildi

Bosh vazir Binali Yildirim Iroq Bosh vaziri Haydar al-Abadiy bilan telefon orqali muloqat qildi.

Bosh vazir Yildirim ushbu muloqat chog’ida 14-sentabr kuni Iroqda uyushtirilgan va 80dan ortiq kishining umriga zomin bo’lgan terror hujumi yuzasidan Iroq Bosh vaziri Abadiyga chuqur ta’ziya izhor etdi.  

Muloqat chog’ida shuningdek Iroqdagi Kurd mintaqaviy boshqaruvining 25-sentabr kuni bo’lib o’tadigan referendum tashabbusi ham qo’lga olindi.

Binali Yildirim bu doirada, bu tashabbusning butunlay notog’ri ekanligiga e’tibor qaratar ekan, Erbil boshqaruvining bu tashabbusdan voz kechishi uchun birgalikda ish olib borilishi kerakligini ta’kidladi.   

Iroq Bosh vaziri ham referendum tashabbusiga faqatgina Bog’doddagi markaziy boshqaruvning emas ayni vaqtda, xalqaro hamjamiyatning ham qarshi ekanligiga e’tibor qaratdi.

Bosh vazir Abadiy, nima bo’lishidan qat’iy nazar mustaqillik qarorini tan olmasliklarini, Turkiya bilan hamkorlik ichida bo’lajaklarini qayd etdi.


Tanlangan kalimalar: #Binali Yildirim , #Haydar al-Abadiy , #Iroq

Aloqador xabarlar