Ibrahim Kalin Germaniya kanslerining so'zlarini baholadi

Kalin, Turkiya va Prezident Erdo'g'anning Germaniyada kun tartibiga bo'lishini bir tasoduf bo'lmaganini bildirdi.

800746
Ibrahim Kalin Germaniya kanslerining so'zlarini baholadi

Prezidentlik voizi Ibrahim Kalin, kecha Germaniya kansleri Angela Merkel bilan Sotsial Demokrat Partiyasi (SPD) rahbari va bosh vazir nomzodi Martin Schulz o'rtasidagi saylov mavzuli dasturda Turkiya bilan aloqali tanqidlarga norozichilik ko'rsatdi.

Kalin, twitterdan bergan bayonotida, dasturga Turkiya va Prezident Erdo'g'anning kun tartibiga bo'lishini bir tasoduf bo'lmaganini bildirdi.

Kalin, "Germaniya va Yevropadagi muammolarni ko'rmasdan Turkiya va Erdo'g'anni tanqid qilishi, Yevropadagi zihniyatning ask-sadolari" degan Kalib, "Yevropada Turkiyaga qarshi, asosiy masalalarni chetlab o'zlarini aldatmoqda" deb mulohaza bildirdi.

Ibrahim Kalin, "O'zlarini, boshqalarini chetlash bilan tanitgan jamiyatlar o'z kimliklarini hech qachon topa olmaydi. Bu o'zlariga zarar beradi. Nemis siyosatining populizm va boshqalarini chetlash ustida bo'lishi bo'lg'inchilik va irqchilikni avjlantirmoqda. PKK va FETO kabi tashkilotlarni bag'riga bosgan Germaniya, demokratiya o'rniga terroristlar va isyonkorlarni mudofaa etganini bilmaydimi?" deb ifoda etdi.

Kalin, Germaniyada qaysi bir partiyaning qozonishining bir ahamiyati bo'lmaganini, chunki endi kimning qozonishining ma'lum bo'lmaganini bildirib, "Merkel va Schulzning tortishuvlar bo'yicha bo'lg'inchilik va irqchilikka hech to'xtalib o'tmagan nemis siyosati kelgan nuqtani ko'rsatoqda" dedi.



Aloqador xabarlar