Bugun 30 avgust G’alaba bayramiga 95 yil to’ldi!

Turkiya Prezidenti R.T.Erdo’g’on aziz turk xalqi va Shimoliy Kipr Turk Respublikasidagi turklarni buyuk g’alabaning 95 yilligi bilan tabrikladi.

798705
Bugun 30 avgust G’alaba bayramiga 95 yil to’ldi!

Bugun 30 avgust G’alaba bayramiga 95 yil to’ldi!

Shu munosabat bilan Turkiya Prezidenti R.T.Erdo’g’on xalqqa tabrik yo’lladi.

U o’z tabrigida, aziz turk xalqi va Shimoliy Kipr Turk Respublikasidagi turklarni buyuk g’alabaning 95 yilligi bilan tabrikladi.

Turkiya va butun dunyoda yashagan millionlab turklarni 30 avgust G’alaba bayrami bilan chin yurakdan muborakbod etgan prezident Erdo’g’on ushbu ulug’ kunda quvonchiga sherik bo’lgan barcha do’st davlatlarga minnatdorchilik bildirdi.

U 1919 yili Samsunda Mustafo Kamol Otaturk boshchiligida Ozodlik urushiga kirishgan turk xalqi taqchillik, kambag’alchilik va imkonsizliklarga qaramay 30 avgustdagi bosh qo’mondonlik maydon janggida g’alaba qozonganini eslatdi.

“30 avgust G’alaba bayrami xalqimiz uchun o’z jonidan ham aziz bo’lgan bu vatan tuprog’ida erkin yashashga bo’lgan intilishining ramzidir. Bu g’alaba siyosiy va ijtimoiy jihatdan tarixda katta iz qoldirdi. Shuningdek, imperialistlarga qarshi ozodlik urushini boshlagan bir qancha mazlum xalqlarga ilhom manbai bo’ldi. Turkiya, darhaqiqat 95 yil oldin bo’lganidek, bugungi kunda ham iqtisodiy va siyosiy mustaqilligiga qaratilgan tahdidlarni bartaraf etish xususida yana shaxdam qadamlar bilan ildamlamoqda. Fathulloh Gulen harakati, DAISh, PKK, PYD kabi qo’li qon terror tashkilotlariga qarshi ayovsiz kurashimiz ham vatan tuprog’iga bo’lgan sadoqatimizning yaqqol ifodasidir”,-deydi prezident R.T.Erdo’g’on.

 

 



Aloqador xabarlar