Turkiya bilan Qatar o’rtasida dengiz orqali yuk transport tarmog’i yo’lga qo’yildi

Qatar bilan Izmir porti o’rtasida sovutish xususiyatiga ega konteynerlar vositasida 5000 tonnadan ziyod yuk tashish tarmog’i ochildi.

795044
Turkiya bilan Qatar o’rtasida dengiz orqali yuk transport tarmog’i yo’lga qo’yildi

Turkiya bilan Qatar o’rtasida dengiz orqali transport tarmog’i yo’lga qo’yildi.

Qatar hukumatiga tegishli “Milaha” shirkati bu haqda ma’lum qildi.

“Qatar bilan Izmir porti o’rtasida sovutish xususiyatiga ega konteynerlar vositasida 5000 tonnadan ziyod yuk tashish tarmog’i ochildi”,-deyiladi ma’lumotda.

Turkiyadan 20 yoki 25 kunda bir marta kema yo’lga chiqadi, kemaning tranzit muddati 11 kun bilan belgilanadi.

“Milaha” shirkati direktori Abdurrahman Isa Al-Menaining aytishicha, bu xizmat faol, iqtisodiy va amaliy yechim sifatida yo’lga qo’yilgan.

Ushbu xizmat bilan portlararo aloqalar mustahkamlanadi va Qatarning ko’rfaz davlatlari hamda Turkiya bilan o’zaro tijoratning qulaylashtirilishi maqsad qilingan.

Ma’lumki, Qatar bilan Turkiya o’rtasidagi savdo hajmi oxirgi bir necha oy ichida ortish ko’rsatdi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Qatar , #dengiz yo'li , #transport , #yuk

Aloqador xabarlar