Turkiyada, terrorga qarshi kurash uzluksiz davom etmoqda

Turk Qurolli kuchlari tomonidan ma’lum qilinishicha oxirgi amaliyot mamlakatning Shirnak viloyatining Uludere tumanida, PKK terror tashkilotiga qarshi olib borilgan.

784249
Turkiyada, terrorga qarshi kurash uzluksiz davom etmoqda

Turk Qurolli kuchlari tomonidan Turkiyaning Shirnak viloyatining Uludere tumanida PKK terror tashkilotiga qarshi olib borilgan amaliyot natijasida ikki nafar terrorist yo’q qilindi.

Qurolli kuchlar Bosh shtab Boshqarmasi tomonidan berilgan bayonotga ko’ra Uludereda, terroristlarning hudud liniyasidagi harbiy bazalarga qarshi qurolli hujum uyushtirish uchun tayyorgarlik ko’rayotganligi kuzatish vositalari orqali aniqlangan.

Shu tufayli artilleriya hujumi uyushtirilar ekan oqibatida separatist terror tashkiloti a’zolaridan ikki nafar terrorist yo’q qilingan.

Turkiyaning Hakkari viloyatining Shemdinli tumani bilan Van viloyatining Chaldiran tumanidagi atrof muhitni tekshirish faoliyati chog’ida esa 2 ta qo’lda yasalgan portlaguvchi modda topilar ekan, moddalar hamon yo’q qilingan.

Shuningdek Ag’ri volayatining Dog’ubeyazit tumanida esa terroristlarga oid 42 kilogram kaltsiy karbonat aralashgan yonuvchi va portlaguvchi modda qo’lga kiritilgan.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Turk Qurolli kuchlari , #Uludere

Aloqador xabarlar