Ibrohim Kalin:"Yaqin sharqda DAIShga qarshi kurash bahonasida siyosiy o'yin ketmoqda"

Turkiya prezidentlik voizi Ibrohim Kalin televideniyega intervyu berdi.

781330
Ibrohim Kalin:"Yaqin sharqda DAIShga qarshi kurash bahonasida siyosiy o'yin ketmoqda"

Turkiya prezidentlik voizi Ibrohim Kalin televideniyega intervyu berdi.

U Yaqin sharqda DAIShga qarshi kurash bahonasida mintaqada turlicha siyosat amalga oshirilganini tilga oldi.

Ibrohim Kalin Suriyadagi urushning 6 yillik o’tmishiga nazar tashlanganda, u yerdagi vaziyat oddiy holga aylanganini ta’kidladi.

“DAIShga qarshi kurashdan mas’ul oliy martabali rahbarlarning vaqti-vaqti bilan PYD va YPG kabi terror guruhlari bilan aloqada bo’lgani, o’zaro uchrashuvlar o’tkazgani, birgalikda tushgan fotosuratlari matbuotda tarqaldi. Ular hatto, delegatsiyalar bilan birga Turkiyadagi rasmiy muzokaralarga ham qatnashdi. Buni qabul qilib bo’lmaydi. Idlibdagi terror faoliyatlarini Turkiya bilan aloqalantirish va bunga imo qilish bo’lmagan gap. Nima uchun deganda biz Idlibni nazorat qilmaymiz. Ya’ni, Idlibni nazorat qiladigan kuchlar mavjud. Amerikaliklar bor, ruslar bor va rejim bor”,-deydi Ibrohim Kalin.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Ibrohim Kalin , #Yaqin sharq , #Suriya , #DAISh

Aloqador xabarlar