Turkiyada terrorga qarshi kurash uzluksiz davom etmoqda

Turkiya Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan berilgan bayonotga ko’ra oxirgi bir haftada terrorga qarshi kurash doirasida xavfsizlik kuchlari tomonidan 1157 ta amaliyot uyushtirilgan.

780641
Turkiyada terrorga qarshi kurash uzluksiz davom etmoqda

Turkiya Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan mamlakat boylab 2017-yilning 24-31-iyuli kunlari orasida uyushtirilgan terror amaliyotlarida 35 terroristning yo’q qilinganligi ma’lum qilindi.  

Vazirlik bergan bayonotga ko’ra oxirgi bir haftada terrorga qarshi kurash doirasida xavfsizlik kuchlari tomonidan 1157 ta amaliyot uyushtirilgan.

Ushbu amaliyotlarda DEASh terror tashkiloti a’zolaridan 57, Fetullahchi terror tashkiloti a’zolaridan 593, sol qanot terror tashkiloti bilan aloqasi borligi aniqlangan 28 terrorist nazorat ostiga olingan.  

 



Aloqador xabarlar