TQK, terrorga qarshi kurash doirasida uyushtirgan amaliyotlari haqida axborot almashdi

Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi ham Turkiyada ham da Turkiyadan tashqarida, oxirgi bir hafta mobaynida amalga oshirlgan terrorga qarshi kurash doirasidagi amaliyotlari haqida axborot almashdi.

775215
TQK, terrorga qarshi kurash doirasida uyushtirgan amaliyotlari haqida axborot almashdi

Turk Qurolli kuchlari tomonidan oxirgi bir hafta mobaynida uyushtirilgan amaliyotlarda roppa-rosa 53 nafar terrorist yo’q qilindi. Ulardan bir nafarining terroristlar lideri ekanligi qayd etilmoqda.

Amaliyot jarayonida 1 askar shahid bo’lar ekan, 26 askar tan jarohati oldi.

Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi ham Turkiyada ham da Turkiyadan tashqarida, oxirgi bir hafta mobaynida amalga oshirlgan terrorga qarshi kurash doirasidagi amaliyotlari haqida axborot almashdi.

Ushbu axborotga ko’ra Turkiyaning Hakkari, Shirnak, Diyarbakir, Mardin, Erzurum, Batman, Van va Siirt viloyatlarida davom etgan amaliyotlarda roppa-rosa 53 nafar terrorist yo’q qilingan. Ulardan bir nafarining terroristlarning lideri ekanligi qayd etilmoqda.

Yo’q qilingan terroristlardan 1 nafarining yashil, 2 nafarining esa kulrang ro’yhatga kiritilganligi yetkazilgan axborotda amaliyotlar doirasida xavfsizlik kuchlari tomonidan aniqlangan 16 ta g’or, boshpana va omborxonadan ko’plab qurol va o’q-dorilarning ham topilganligi qo’shimchalangan.

Terroristlar tomonidan tayyorlangan 19 ta qo’lda yasalgan portlaguvchi modda ham yo’q qilinar ekan chegara hududlarida olingan tadbir natijasida 5 ming 207 kishi qo’lga tushgan.

Eslatib o’tamiz ushbu amaliyot jarayonida 1 askar shahid bo’lar ekan, 26 askar ham tan jarohati olgan.

 



Aloqador xabarlar