TIV, Mug’la qirg’oqlarida kuzatilgan yer silkinishi haqida bayonot berdi

Egey dengizining Mug’la qirg’oqlarida Turkiya vaqti bilan soat 01:31 chog’larida 6.6 magnitudali yer silkinishi kuzatildi.

775083
TIV, Mug’la qirg’oqlarida kuzatilgan yer silkinishi haqida bayonot berdi

Turkiya, Egey dengizida yuz bergan yer silkinishi oqibatida Gretsiyaning Kos orolida bir Turk fuqarosining jon berganligini ma’lum qildi.

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan bayonotga ko’ra orolda 200 nafar Turk fuqarosi bor va ulardan 120 nafari tan jarohati olgan vaziyatda. Tan jarohati olganlarning 1 nafarining ahvolining og’ir ekanligi aniqlanar ekan ularning hammasini oroldan olib kelishi uchun mamlakatdan parom yuborildi. Hozirda uning manzilga yetib borganligi ham o’rganildi.

Shuningdek bayonotda voqea chog’ida Kos atrofidagi “Defterdar” nomidagi jome’ masjidining qulaganligi va uning ro’parasidagi sardobaning qubbasiga ziyon yetganligi qayd etildi.

Eslatib o’tamiz, Egey dengizining Mug’la qirg’oqlarida Turkiya vaqti bilan soat 01:31 chog’larida 6.6 magnitudali yer silkinishi kuzatilgan edi.

 


Tanlangan kalimalar: #Mug'la , #yer silkinishi , #Egey dengizi

Aloqador xabarlar