Turkiyada terrorga qarshi kurash, keng ko'lamli olaroq davom etmoqda

Mamlakatda terror tashkilotiga qarshi kurash doirasida xavfsizlik kuchlari tomonidan shu yilning 10-iyulidan boshlab 17-iyuligacha 1 128 ta amaliyot uyushtirildi.

772232
Turkiyada terrorga qarshi kurash, keng ko'lamli olaroq davom etmoqda

Turkiya boylab olib borilgan amaliyotlar natijasida oxirgi bir hafta mobaynida 50 nafar PKK terror tashkiloti a’zosi yo’q qilindi.  

Terror tashkilotiga qarshi kurash doirasida xavfsizlik kuchlari tomonidan shu yilning 10-iyulidan boshlab 17-iyuligacha 1 128 ta amaliyot uyushtirildi.

Ushbu amaliyotlarda PKK terror tashkilotiga yordam berganligi haqidagi iddio bilan 168, DEASh terror tashkiloti bilan aloqa o’rnatganligi haqidagi iddio bilan 298, Fetullahchi terror tashkilotiga qarshi kurash doirasida 895, sol qanotli terror tashkilotiga qarshi kurash doirasida esa 5 shubhali nazorat ostiga olindi.

Nazorat ostiga olinganlarning 1 366 nafari terrorchilik jinoyatidan, 2 997 nafari tartibsizlik, narkotik modda, kiber jinoyatlar va kontrabanda yuzasidan bo’lib jami 4 363 nafarni tashkil etdi.

Turkiyaning Diyarbakir, Mardin, Mush va Tokat viloyatlarida olib borilgan amaliyotlarda PKK terror tashkiloti a’zolari tomonidan foydalanilgan 12 ta boshpana, g’or va 27 ta qo’lda yasalgan portlaguvchi modda va mina yo’q qilindi.

Xavfsizlik kuchlari tomonidan portlaguvchi modda yasashda foydalanilgan 1.5 tonna modda, 17 ta granata, 2 542 ta turli o’q-dorilar va 53 ta qurol topildi. Ulardan 33 tasining og'ir va uzun stvolli qurollar ekanligi aniqlandi.

PKK terror tashkilotining moliyaviy manbaalariga qarshi uyushtirilgan amaliyotlarda ko’plab narkotik modda qo’lga kiritilar ekan 407 463 pachka kontrabanda sigaret va 32 tonna 126 litr yoqilg’i musodara qilindi.

Tartibsiz migratsiyaga qarshi kurash doirasida 3 352 kishi qo’lga tushdi. Ulardan 692 nafari dengizlarda.

 

 



Aloqador xabarlar