Widodo: “Indoneziya bilan Turkiya hamkorlik borasida ajoyib salohiyatga egadir”.

Prezident Erdog’an bilan indoneziyalik kasbdoshi Joko Widodo o’zaro va hay’atlararo uchrashuv ortidan mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.

766085
Widodo: “Indoneziya bilan Turkiya hamkorlik borasida ajoyib salohiyatga egadir”.

Indoneziya Prezidenti Joko Widodo Prezident Rajap Tayyip Erdog’anning rasmiy taklifiga binoan bugun Turkiyaga tashrif buyurdi. 

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an indoneziyalik kasbdoshi Joko Widodoni rasmiy marosim bilan kutip oldi.

Marosim ortidan ikkala lider yakkama-yakka uchrashuv o’tkazib ortidan, hay’atlaro uchrashuvlarga o’tdi.

Uchrashuvlarda o’zaro munosabatlardan tashqari mintaqaviy va xalqaro mavzular qo’lga olindi.

Unda Turkiya va Indoneziya o’rtasida sog’likni saqlash va iqtisodiy tarmoqlarni o’z ichiga qamrab olgan shartnomalarga qo’l qo’yildi.

Prezident Erdog’an bilan indoneziyalik kasbdoshi Joko Widodo ortidan mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.

Prezident Erdog’an Firat qalqoni amaliyoti orqali 3 mingdan ortiq DEASh a’zolarining yo’q qilinganligini eslatib,

“Bugungacha terrorist ekanligidan shupha qilingan roppa-rosa 5 ming kishi deportatsiya qilindi. Ular orasida janubiy osiyoliklar ham bor. Roppa-rosa 53 ming kishining Turkiyaga kirishini man ettik. Hududni DEASh a’zolaridan batamom tozalab, 100 ming nafar suriyalik qardoshlarimizning bu mintaqalarga qaytishini ta’minladik” dedi.   

Prezident Erdog’an,

“DEASh bilan Fetullahchi terror tashkiloti Parallel Davlat tuzilmasi har ikki mamlakat uchun ham xavf tug’dirmoqda. Shunday ekan ularga qarshi kurashimizni kuchaytiramiz” dedi.

Prezident Erdog’an Turkiyaning, terroristlarni bir-biridan ajratmaganligiga e’tibor qaratib,

“Terrorni yurtimizdan yo’q qilish uchun qattiq kurash olib bormoqdamiz” dedi.

Erdog’anning taklifiga binoan Turkiyaga tashrif buyurgan Indoneziya Prezidenti Joko Widodo ham, “Indoneziya bilan Turkiya hamkorlik borasida ajoyib salohiyatga egadir” dedi.

Uchrashuvlarda konkret hamkorlik sohalarini shu jumladan investitsiya, mudofaa sanoati, energetika sohasidagi hamkorlik va terrorizmga qarshi kurash masalasini ta’kidlaganligini bildirgan Widodo,

“Biz suv osti kemalari va uchuvchisiz havo vositalari ishlab chiqarish borasidagi hamkorlik masalasida ham kelishib oldik. Eng qisqa vaqt ichida har ikki tomon mutahassislari bu masalani kuzatuvga oladi” dedi.   

O’zaro munosabatlar bilan xalqaro mavzularning qo’lga olinganligini ta’kidlagan Widodo, Qatar masalasini o’rnak qilib ko’rsatdi. Widodo, “Umid qilamanki aloqa tarmoqlarining ochilishi va konstruktiv muloqat orqali muammo hal qilinadi. Tegishli tomonlarning birgalikda uchrashuv o’tkazib, muloqat orqali buni hal qilishi darkor” dedi.  



Aloqador xabarlar