Turkiya Livanga, oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat gumanitar yordam berdi

Turk Qizil Yarim oy jamiyati bilan Turkiyaning Bayrut elchixonasi Livandagi yordamga muhtoj 5 ming 500 oilaga oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat roppa-rosa 70 tonnalik gumanitar yordam berdi.

752012
Turkiya Livanga, oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat gumanitar yordam berdi

Turk Qizil Yarim oy jamiyati bilan Turkiyaning Bayrut elchixonasi suriyaliklar bosh bo’lish bilan birga Livandagi yordamga muhtoj 5 ming 500 oilaga oziq-ovqat mahsulotlaridan iboratroppa-rosa 70 tonnalik gumanitar yordam berdi.  

Yordam mahsulotlarini topshirish uchun Livanning shimolidagi Tripolidagi portda marosim uyushtirildi.  

Marosimda nutq so’zlagan Turkiyaning Livandagi elchisi Chag’atay Erjiyes, Ramazon oyining birlik va birdamlik oyi ekanligini eslatib, Turkiyaning bu muborak oyda yordamga muhtoj kishilarga qo’l uzatganligini qayd etdi.

Erjiyes,

“Shu doirada Turkiya, Livanni ham chetda qoldirmay Turk Qizil Yarim oy jamiyati bilan birga Livandagi 5 ming 500 oilaga oziq-ovqat bo’yicha yordam berdi” dedi.  

Erjiyes, ushbu yordam ashyolarining Ramazon oyi o’z nihoyasiga yetmay turib Tripoli va Beka vodiysi bilan aholi sonining ko’pchiligini turkmanlar tashkil etgan Aydamon va Kuvashra qishloqlarida, Harissa bilan Al-Marj mintaqalarida tarqatilajagini qayd etdi.  

Livandagi Muhojirlar ishlari bo’yichga vaziri Muin al-Merabi, yordamlarning Ramazon oyida yana-da mazmunli ekanligini ta’kidlab, buning uchun Turkiyaga minnatdorchilik bildirdi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Livan , #oziq-ovqat , #gumanitar yordam

Aloqador xabarlar