Prezident Erdo'g'an, shimoliy Iroqda saylov o'tkazishning katta xato bo'lganini izohladi

Prezident Erdo'g'an, Iroq Kurt Boshqaruvining saylov o'tkazish qarorini katta xato bo'lganini izohladi.

751922
Prezident Erdo'g'an, shimoliy Iroqda saylov o'tkazishning katta xato bo'lganini izohladi

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an, Iroq Kurt Boshqaruvi mustaqil bo'lish uchun saylov o'tkazishning katta xato bo'lganini izohladi.

Erdo'g'an, Adolat va Taraqiyot Partiyasi guruh yig'ilishiga doir mulohaza bildirdi.

Iroq Kurt Boshqaruvi bilan aloqali qarorning o'zlarini xafa qilganini ifoda etgan Erdo'g'an, mustaqillik uchun ovoz berish qarori Iroqning tuproq butunligiga bir tahdit va noto'g'ri qaror bo'lganini izohladi.

Erdo'g'an, "Tilagimiz saylovning maslahatlashuv yo'li bilan uyushtirilishi edi. Shimoliy Iroq yolg'iz emas. Musulda Arablar, Kerkukda Turkmanlar bilan yashaydilar. Bu tinchliksevar qadamlar doirasida Iroqning yaxlitligini mudofaa ettik. Ayrim paytlar vaziyat salbiy tomonga borgan. Tashqi ishlar vazirligimiz mavzuga doir bayonot bergandir. Buning hech kimga foydasi bo'lmaydi" deb ma'ruza qildi.

Ma'ruzasida Ko'rfaz tarangligiga ham to'xtalib o'tgan Erdo'g'an, "Qatar bilan aloqali noto'g'ri qarorlar bo'lganini ko'rayapmiz. Bir o'lka xalqiga buni qilish insonlikka va Islomga yarashmaydi. Qatar terror tashkiloti Deashga qarshi Turkiya bilan birga qat'iy uslub izlagan o'lkadir. Qatarni ayblashning foydasi bo'lmaydi. Terror tashkiloti PKKning Suriyadagi bo'limi PYD/YPGni himoya qilganlar, og'ir natijalari bo'lgan qadamlar tashlamoqda" deb ifoda etdi.

"Go'yoki bir o'lkani yo'q qilish qarori berilgan" deb so'zlagan Erdo'g'an, "Saudiya Arabiston Qiroli, Ko'rfazning kuchli mamlakati sifatida bu masalaga yechim topishi kerak, bu ish uchun tashlanadigan qadamlarga boshchilik qilishi muhim" deb ifoda etdi.

 



Aloqador xabarlar