Ankarada Adolat va taraqqiyot partiyasi iftorlik berdi

Turkiya Prezidenti R.T.Erdo’g’an Ankara xalqi 15 iyuldagi qonli to’ntaruv tashabbusiga qarshi ko’rsatgan matonati tufayli qahramonlik sharafiga loyiq bo’lganini aytdi.

752288
Ankarada Adolat va taraqqiyot partiyasi iftorlik berdi

Ankarada Adolat va taraqqiyot partiyasi iftorlik berdi.

Iftorga Turkiya Prezidenti R.T.Erdo’g’an ham tashrif buyurdi.

Erdo’g’an Ankara xalqi 15 iyuldagi qonli to’ntaruv tashabbusiga qarshi ko’rsatgan matonati tufayli qahramonlik sharafiga loyiq bo’lganini aytdi.

Ankara xalqining qahramonliklari haqida gapirgan Erdo’g’an: “Prezidentlik boshqarmasi portlatildi, maxsus kuchlar boshqarmasi portlatildi. O’sha kuni yuzlab inson halok bo’ldi, minglab inson yaralandi. Men tanklarni to’xtatish uchun jonini fido qilgan xalqim bilan faxrlanaman. Bombalardan qo’rqmagan xalqim bilan g’ururlanaman. Jang maydonida bir tomonda iymonli xalqim bor edi, bir tomonda iymonini yo’qotgan uyushgan to’da bor edi”,-dedi.

Ma’lumki, to’ntaruv tashabbusi sodir bo’lgan kuni Ankaradan 149 inson halok bo’ldi, bulardan 90 nafari oddiy fuqaro, 56 nafari politsiya xodimi, 3 nafari harbiy.

Yaradorlar soni esa, 1222 nafarni tashkil qiladi.

Ankaraga mo’ljallangan yangi loyihalarga to’xtalgan Erdo’g’an shahar ko’rinishini yangilash bilan Ankara jozibador shaharga aylanishini tilga oldi.

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar