Turkiya va YI vakillari bugun siyosiy muloqat yig’ilishi o’tkazadi

Turkiya va Yevropa ittifoqi vakillari o’zaro munosabatlarni mustahkamlash va hamkorlikni orttirish uchun bugun Bryusselda siyosiy muloqat yig’ilishi o’tkazadi.

751671
Turkiya va YI vakillari bugun siyosiy muloqat yig’ilishi o’tkazadi

Turkiya va Yevropa ittifoqi vakillari o’zaro munosabatlarni mustahkamlash va hamkorlikni orttirish uchun bugun Bryusselda siyosiy muloqat yig’ilishi o’tkazadi.

Yevropa ittifoqi Tashqi aloqalar bo’limida uyushtiriladigan yig’ilishda Turkiya nomidan Yevropa ittifoqi vazirligi maslahatchisi vakili, elchi Selim Yenel va Tashqi ishlar vazirligi maslahatchisi o’rinbosari Mehmet Kemal Bozay ishtirok etadi.

Hay’at orasida Turkiyaning Yevropa ittifoqi huzuridagi Doimiy vakili elchi Faruk Kaymakchi ham bor. YI nomidan esa YI Komissiyasining Qo’shnichilik siyosati bilan YI Tashqi aloqalar bo’limidan vakillar ishtirok etadi.  

Ushbu yig’ilishda tashqi siyosat, ishtirok muzokaralar jarayoni, energiya, xavfsizlik, tartibsiz migratsiya, radikallashuv, chet elliklarga qarshi dushmanlik, terrorga qarshi kurash, Turk fuqarolari uchun Yevropada vizasiz rejim, Bojxona ittifoqining yangilanishi, iqtisodiyot va transport mavzulari qo’lga olinadi.  

Tomonlarning kelasi 1 yil ichida qaysi sohalarda hamkorlik qilishi to’g’risidagi qarorning qabul qilinishi va o’zaro konkret qadamlar tashlashi kutilmoqda.

Siyosiy muloqat yig’ilishi ortidan Turkiya nomidan tegishli vazirlar va YI Kengashi a’zolari ishtirokida Bryusselda uchrashuvlarning o’tkazilishi ko’zda tutilmoqda.



Aloqador xabarlar