Prezident Erdog’an Turk Qizil Yarim oy jamiyati Raisi Kerem Kinikni tabrikladi

Ertaga Turk Qizil yarim oy jamiyatining 149-yilligi.

750065
Prezident Erdog’an Turk Qizil Yarim oy jamiyati Raisi Kerem Kinikni tabrikladi

Ertaga Turk Qizil yarim oy jamiyatining 149-yilligi.

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Turk Qizil Yarim oy jamiyatining 149-yilligi munosabati bilan jamiyat raisi Kerem Kinikga tabrik so’zi yo’lladi.

Prezident Erdog’an tabrik so’zida Turk Qizil Yarim oy jamiyatining bugungi kunda faqatgina Turkiyada emas balki dunyoning to’rt burchagida yordamga muhtoj insonlarga yordam qo’lini cho’zgan umid darvozasiga aylanganligini ta’kidladi.

Erdog’an;

“Turk Qizil Yarim oy jamiyati fidokorona va samarali ravishda olib borgan keng ko’lamli faoliyatlari bilan, biz faxrlanadigan muvaffaqiyatli ishlarga imzo chekmoqda” dedi.

Prezident Erdog’an insonparvarlarning Turk Qizil Yarim oy jamiyatini qo’llab-quvvatlashiga ham e’tibor qaratdi.

 



Aloqador xabarlar