Prezident Erdog'an, Qatar masalasiga to'xtaldi

Prezident Erdog’an Adolat va taraqqiyot partiyasi Istanbul viloyat kengashi raisligi tomonidan uyushtirilgan iftor dasturidagi nutqida Qatar masalasiga to’xtalar ekan ayni vaqtda musulmon olamida yuz berayotgan oxirgi vaziyatlarga e’tibor qaratdi.

749912
Prezident Erdog'an, Qatar masalasiga to'xtaldi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Qatarni har jihatdan qo’llab-quvvatlashni davom ettirajaklarini ma’lum qildi.

Prezident Erdog’an Adolat va taraqqiyot partiyasi Istanbul viloyat kengashi raisligi tomonidan uyushtirilgan iftor dasturidagi nutqida Qatar masalasiga to’xtalar ekan ayni vaqtda musulmon olamida yuz berayotgan oxirgi vaziyatlarga e’tibor qaratdi.

Musulmonning musulmonni hafa qilishidan charchaganliklarini tilga olgan Erdog’an Suriya, Iroq, Yaman, Afg’oniston, Myanma va oxirgi kunlarda Qatarda yuz berayotgan voqealarning hech kimga foydasi yo’qligini, shunday ekan muammolarning tezlik bilan hal qilinishi shartligini belgilab o’tdi.  

Qatar to’g’risida har kuni har xil ma’lumotlar tarqayotganligini ta’kidlagan Prezident,

“Qatarda turli maqsadlar bilan ochilgan tashkilotlar terror tashkiloti deya e’lon qilinmoqda. Bu albatta noto’g’ri. U tashkilotlarni men ham yaxshi bilaman. Qatarning bugungacha terror tashkilotini qo’llab-quvvatlaganligini ham ko’rganimiz yo’q” deya gapirdi.

Oxirgi bir haftagacha Qatar bilan hamkorlik qilayotgan Ko’rfaz mamlakatlarining birdaniga, do’st va qardosh mamlakat sifatida qaragan Qatarni terroristlar yurti deb e’lon qilishini tushinib yetolmaganligini ta’kidlagan Prezident Erdog’an:  

“Aybga buyurmasinlar… Biz qatarlik qardoshlarimizni yolg’iz qoymaymiz. Biz zimmamizga tushgan vazifamizni Ollox yo’lida bajarishni davom ettiramiz. Turkiya sifatida har doim mintaqamizda barqarorlik, xavfsizlik, tinchlik va osoyishtalikni himoya qilish tarafdori bo’ldik. Hech qachon, hech kimni yakkalamay qardoshlarimiz o’rtasidagi muammoni hal qilishga, ularni o’rtoq manfaatlarda birlashtirish uchun kurash olib bordik. Bugun ham huddi ana shu niyatimizdan qaytganimiz yo’q. Qatar muammosini hal qilish, qardoshlarimizni o’rtoq manfaatda birlashtirish uchun keng ko’lamli diplomatik uchrashuvlar olib bormoqdamiz. Hudo xohlasa eng qisqa vaqt ichida buning natijasini olishimizga ishonchim komil. Eng asosiysi, ayniqsa musulmonlarga ziyon yetkazgan terror tashkilotlarini yo’q qilishning yo’lini o’ylab topishdir. Shuning uchun ham vaqtni qo’ldan boy bermay ittifoq bo’lishimiz darkor” dedi.    

AQSh Davlat kotibi Rex Tillersonning oqshom vaqtida bergan bayonotiga to’xtalgan Erdog’an Tillersonning, Qatarga nisbatan kiritilgan sanktsiyalarning bekor qilinishi kerakligi to’g’risidagi bayonotining muhim ekanligini aytdi.

Prezident Erdog’an Qatarga nisbatan kiritilgan sanktsiyalarning batamom bekor qilinishi kerakligini qayd etar ekan bu borada, Ko’rfaz mamlakatlarining eng yirik va eng kuchli mamlakati hisoblangan Saudiya Arabistonining bu yo’lda rahbarlik qilishining katta ahamiyat kasb etganligini ta’kidladi.

Mudofaa sanoatida Turkiyaning Qatar bilan tuzgan shartnomasining 2-3 yillik jarayon ekanligini ham belgilab o’tgan Prezident,

“Amerikaning Qatardagi bazasi nima uchun Ko’rfazdagi do’stlarimizni bezovta qilmayapti? U yerda boshqa mamlakatlarning ham bazalari bor. Nima uchun ulardan tashvishlanmayapsiz?” dedi.

 



Aloqador xabarlar