Turkiya Qatar muammosining muloqat va muzokara orqali hal qilinishini xohlaydi

Binali Yildirim kecha Chankaya ko’shkida bo’lib o’tgan iftor dasturida, Qatar muammosining muloqat va muzokara orqali hal qilinishi uchun Turkiyaning faoliyatda ekanligini ma’lum qildi.

748377
Turkiya Qatar muammosining muloqat va muzokara orqali hal qilinishini xohlaydi

Bosh vazir Binali Yildirim Qatar muammosining muloqat va muzokara orqali hal qilinishi uchun Turkiyaning faoliyatda ekanligini ma’lum qildi.  

Binali Yildirim Chankaya ko’shkidagi iftor dasturida, Nodavlat va notijorat tashkilot vakilari bilan uchrashdi.

Turkiyaning o’z mintaqasida kuchli bo’lishi kerakligini ta’kidlagan Yildirim, Ko’rfazda yuz bergan voqealarni bunga bir o’rnak ekanligini qayd etdi.  

Mintaqaning yangi muammolarni ko’tara oladigan kuchining yo’qligini ifodalagan Binali Yildirim, mavjud muammoni muloqat orqali hal qilish uchun Turkiyaning faoliyatda ekanligini aytdi.  

Bosh vazir Binali Yildirim;

“Umid qilamizki hali Suriya, Iroq, Yaman va Liviyadagi muammolar hal qilinmay turib yangi muammolar tug’ilmaydi. Buning uchun Prezidentimiz bosh bo’lish bilan birga hukumatimiz tegishli kishilarni tinchlikga chaqirmoqda. Muammoni muloqat va muzokara orqali hal qilishni xohlaymiz. Zero mintaqaning yangi muammo va beqarorlikni ko’tara oladigan kuchi yo’q. Eng alamlisi shu ki, ko’pchiligi musulmon mamlakatlari o’rin olgan ushbu mintaqada muammolar borgan sayin ortib bormoqda. Buni esa diniy qadriyatlarimiz jihatidan tushintirib berish nihoyatda murakkab” dedi.



Aloqador xabarlar