Ibrahim Kalin: “Obama rahbariyati afsuski Trumpni ko’ndirdi”.

Prezident voizi Ibrahim Kalin Amerika Qo’shma Shtatlarining, PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG terror tashkilotini qurol bilan ta’minlaganligi to’g’risidagi ma’lumotlarni Turkiya bilan baham ko’rishganligini baholadi.

745201
Ibrahim Kalin: “Obama rahbariyati afsuski Trumpni ko’ndirdi”.

Prezident voizi Ibrahim Kalin Amerika Qo’shma Shtatlarining, PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG terror tashkilotini qurol bilan ta’minlaganligi to’g’risidagi ma’lumotlarni Turkiya bilan baham ko’rishganligini baholadi.

Bir telekanal dasturida AQShning qurol yordamini tanqid qilgan Ibrahim Kalin,

“Bu haqidagi fikrimizni Prezident Rajap Tayyip Erdog’an AQSh Rahbari Donald Trump bilan bo’lgan uchrashuvida ma’lum qildi. Huddi ana shu uchrashuvda Prezidentimiz Trumpga, qabul qilgan qarorlarining noto’g’ri ekanligini ifodaladi. Biz bu fikrimizdan qaytmaymiz” dedi.

Suriyadagi Rakka amaliyotining Erkin Suriya armiyasi bilan birgalikda amalga oshirilishi mumkinligini qayd etgan Kalin,

“Obama rahbariyatini boshidan beri, bir terror tashkilotini ikkinchi bir terror tashkiloti bilan yengishning imkonsiz ekanligi haqida tanqid qildik. Obama rahbariyati afsuski Trumpni ko’ndirdi. Boshidan beri aytganimizdek agar,  Rakka amaliyotida YPG terror tashkiloti o’rin olgudek bo’lsa unda biz u amaliyotda ishtirok etmaymiz. Suriyaning shimolidan Turkiyaga qarshi bir xavf tug’ilgudek bo’lsa unda biz unga qarshi kerakli javobni beramiz. AQSh, Turkiyaning xavfsizlik borasidagi xavotirchiligini yo’q qilish uchun kerakli faoliyatlarni amalga oshirajagini bayon etdi. Hamkorlik qilishga albatta qarshi emasmiz va hatto AQSh bilan hamkorligimizni davom ettiramiz lekin bu mavzuda AQSh katta hatoga yo’l qoymoqda” dedi.   

Yevropa ittifoqi bilan Turkiya munosabatiga ham to’xtalgan Ibrahim Kalim, Komissiya rahbari Jean-Claude Junckerning 12 oylik kalendar taqdim etganligini belgilab o’tgan holda,

“Mavzu haqida ham Tashqi ishlar vazirligimiz ham da Yevropa ittifoqi vazirligimiz kerakli ish tartibini boshlatdilar. YI yetakchilari bilan qator uchrashuvlar o’tkaziladi. Global ko’z qarshdagi bir muvozanatli siyosat kuzatilishi mumkin “dedi.   

 



Aloqador xabarlar