Mavlud Chavusho’g’li Sloveniya bosh vazir o’rinbosari bilan matbuot anjumani o'tkazdi

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Tashqi ishlar vazirligi rasmiy qarorgohida Sloveniya bosh vazir o’rinbosari va tashqi ishlar vaziri Karl Erjavec bilan uchrashdi.

743132

Uchrashuvdan so’ng, mushtarak matbuot anjumani o’tkazildi.

Anjumanda so’zga chiqqan Mavlud Chavusho’g’li: “AQSh va boshqa ba’zi davlatlar Rakkani DAIShdan qutqarish maqsadida terror tashkiloti YPGdan foydalanmoqda”,-dedi.

Uning fikricha, terror tashkiloti PKKning Suriyadagi hamkori YPGga qurol yetkazib berish Suriya kelajagi uchun tahlika yaratadi.

“Suriyada YPGga berilayotgan qurol yordamiga munosabatimiz barchaga ma’lum. YPGga yordam berilishi Suriyaning kelajagi uchun qanchalik katta tahlika ekanini bilamiz”,-deydi Mavlud Chavusho’g’li.

Amerikalik vakillar terror tashkiloti YPG bilan vaqtinchalik hamkorlik qilish istagini tilga olganini ma’lum qilgan Mavlud Chavusho’g’li: “Bunday narsa bo’lishi mumkin emas. Menbichda ham buni guvohi bo’ldik”,-dedi.

Eslatma: Menbich hududini DAIShdan qutqarish uchun YPG bilan hamkorlik qilgan Amerika operatsiyadan keyin YPG safidagi terroristlarning hududni tark etishini va’da qilgandi, lekin buning aksi bo’lib chiqdi.

Ya’ni, Amerika bilan YPG terror tashkiloti va’dani bajarmadi.

Aloqador xabarlar