TQKning terrorga qarshi kurashi uzluksiz davom etmoqda

Turk qurolli kuchlarining PKK terror tashkilotiga qarshi kurashi uzluksiz davom etmoqda.

740615
TQKning terrorga qarshi kurashi uzluksiz davom etmoqda

Turk qurolli kuchlarining PKK terror tashkilotiga qarshi kurashi uzluksiz davom etmoqda.  

Turkiyaning Hakkari viloyatining, Shemdinli tumanidagi bazaga qarshi uyushtirilgan hujum natijasida bir nafar terrorist o’ldirildi.

Bitlisning markazida ijro etilgan amaliyotda ham xavfsizlik kuchlari bilan terroristlar o’rtasida to’qnashuv kelib chiqdi.

Bu to’qnashuvda ham bir terrorist o’ldirildi.

Terrorist bilan birga bitta Kalashnikov pulemyoti, 48 ta patron va ikkita granata qo’lga kiritildi.

Turkiyaning Shirnak viloyatining, Uludere tumanida xavfsizlik kuchlari tomonidan amalga oshirilgan hududlarni tekshiruv faoliyati chog’ida tuproqga ko’milgan ikkita tanklar hujumidan himoya qiladigan raketa; Hakkarining Yuksekova tumanidagi bir g’or ichida esa snayper miltiq bilan bir necha granata topildi.

Turkiyaning Mardin viloyatining Dargechit tumani bilan Shirnak viloyatining Beytushshebap tumanida ham uchta qo’lda yasalgan portlaguvchi modda xavfsizlik kuchlari tomonidan yo’q qilindi.



Aloqador xabarlar