Turk xavfsizlik kuchlarining terrorga qarshi kurashi davom etmoqda

Turkiyada, terroristlar tomonidan yo’llari to’silgan mashinalarning olovga berilishi ortidan xavfsizlik kuchlari tomonidan amaliyot boshlatilar ekan unda terroristlar bilan askarlar o’rtasida to’qnashuv kelib chiqqan edi.

739915
Turk xavfsizlik kuchlarining terrorga qarshi kurashi davom etmoqda

Turkiyaning Ag’ri viloyatida Jandarmeriya maxsus guruhi tomonidan PKK terror tashkilotiga qarshi uyushtirilgan amaliyotda roppa-rosa 29 terrorist yo’q qilindi.

Turkiyaning Van viloyatining Tendurek qishloqchasida, terroristlar tomonidan yo’llari to’silgan mashinalarning olovga berilishi ortidan xavfsizlik kuchlari tomonidan amaliyot boshlatilar ekan unda terroristlar bilan askarlar o’rtasida to’qnashuv kelib chiqqan. Oqibatida esa 3 nafar askar bilan 1 nafar soqchi shahid bo’lib, 4 askar tan jarohati olgan edi.

Huddi mana shu to’qnashuv ortidan xavfsizlik kuchlari terroristlarning ketidan tushib, o’z amaliyotlarini davom ettirdi va natijada 29 terrorist yo’q qilindi.

Turkiyaning Hakkari viloyatining Shemdinli tumani, Ko’chtepa mintaqasidagi amaliyotda ham terroristlarga qarshi faol amaliyot olib borildi.  

Kelib chiqqan to’qnashuvda esa 1 askar shahid bo’ldi, 2 terrorist esa yo’q qilindi.

Iroqning shimolidagi Metina mintaqasidagi terroristlarga qarshi uyushtirilgan havo hujumi chog’ida terakt uchun tayyorgarlik ko’rayotgan 6 terrorist yo’q qilindi.

Natijada Turkiyaning Agri va Hakkari viloyatlari bilan Shimoliy Iroqda roppa-rosa 37 terrorist yo’q qilingan bo’ldi.

Aytib o’tish joizki Ichki ishlar vaziri Suleyman So’ylu ijtimoiy media orqali shahidlarga atab quyidagi satlarni qalamga oldi,

 “Tendurek shahidlarimiz, qoningiz yerda qo’lgani yo’q. Bugun, bugun kechasi do’stlarimiz terroristlarning jazosini berdi. Ruhingiz shod bo’lsin” dedi.

 

 



Aloqador xabarlar