THY AQSh va Angliya safarlarida noutbuk tarqatmoqda

THY orqali AQSh va Angliyaga to’g’ridan-to’g’ri Istanbuldan safar qilgan uchoqlarda, hajmi uyali telefondan katta bo’lgan elektronik jihozlarning kabinaga olib kirilishini man etgan qaror, 2017-yilning 25-martidan boshlab kuchga kirgan edi.

726898
THY AQSh va Angliya safarlarida noutbuk tarqatmoqda

Turk havo yo’llari Amerika Qo’shma Shtatlari va Angliya safarlarida noutbuk tarqatmoqda.

Turk havo yo’llari Bosh direktori Bilal Ekshi o’zining shaxsiy twitter sahifasi orqali uyali telefonlardan tashqari, elektronik jihozlarning uchoq kabinasiga olib kirilishini man etgan qarori ortidan, AQSh va Angliya safarlarida yo’lovchilarga noutbuk tarqatish to’g’risida ma’lumot berdi.  

Ushbu ma’lumotga ko’ra bundan buyon AQSh va Angliyaga safar qilgan B/C biznes-klass yo’lovchilari uchun noutbuk beriladi.

Aytib o’tish joizki THY orqali AQSh va Angliyaga to’g’ridan-to’g’ri Istanbuldan safar qilgan uchoqlarda, hajmi uyali telefondan katta bo’lgan elektronik jihozlarning kabinaga olib kirilishni man etgan qaror 2017-yilning 25-martidan boshlab kuchga kirgan edi.  



Aloqador xabarlar