Kun tahlili 19- qism

Referendum demokratiya uchun bir g’alaba

726619
Kun tahlili 19- qism

Referendum demokratiya uchun bir g’alaba

Turkiya bir  oy mobaynida tarixiy bir referendum o’tkazdi va 85 foizlik rekord  saylovchi ishtirok bilan Prezidentlik hukumat sistemasining qabul etilishi bilan birgalikda konstitutsiyani  o’zgartirish taklifi 51,4 foizlik “ qabul” ovozi bilan ma’qullandi. Ushbu referendumni  favqulodda qilgan narsa esa, Turkiyaning zamonaviy tarixida ilk marotaba harbiy to’ntaruvchilar emas, xalq qanday bir sistema bilan boshqarilishiga qaror berishi edi.

2019- yili Noyabr oyida kuchga kiradigan yangi hukumat sistemasi, zaif koalitsiya  hukumatlariga yakun yasab Turkiya demokratiyasini yana ham chidamli holga keltiradi va kuchlar ayriligi kuchayadi.

1960- yilidan beri kamida to’rt saylangan hukumat qo’shin tomonidan to’ntarildi. Harbiy rejimlar tomonidan  loyihalashtirilgan parlament sistemada qisqa  muddatli koalitsiya hukumatlari, siyosat sahnasini parchalarga ajratib iqtisodiyotni va siyosat tashkilotlarni zaiflamoqda edi . Harbiy  aralashuvga yo’l ochmoqda edi.

         Yangi sistemasi bilan birgalikda Turk prezidentlari ijroning boshida bo’ladi va hokimiyatga kelish uchun xalqning ko’pchiligining himoyasi olishi kerak . Buning  evazida sistema, harbiy to’ntaruvchilar saylagan amaldorlar haqlarining g’asb etishining oldi olinadi. Yangi sistema ijroning salohiyatlarini ko’paytirar ekan parlamentga ham ko’rilmagan darajada salohiyatlar bermoqda. Tarihda ilk marotaba deputatlar prezidentning  faoliyatlarini surishtirish va tergov qilishi  mumkin va prezidentni hokimiyatdan tushirish uchun erta saylovga chaqirishlari  mumkin bo’ladi. Boshqa bir ifoda bilan, Turkiyaning yangi hukumat sistemasi Prezidentning salohiyatlarini cheklaydigan mexanizmlarni  ham o’z ichiga olmoqda.

         Oxirgi kunlarda ovozga qo’yish mavzusida juda ko’p sonda fitnali nazariyalar ishlab chiqarildi. Yana bir mag’lubiyat  olgan muxolafat partiyasi, qo’lida bir dalil bo’lmasdan turib ovozga qo’yish natijasini milliy irodani aks ettirmaganini iddao etdi.

Yangidan referendum o’tkazish talabi bilan oliy saylov kengashiga murojaat qildi. Asosiy dalil sifatida sandiqda vazifador shaxslarning  konvertlarga muhr bosmagan ovozlar  qabul qilinmasligi jihatida edi.

Taqdir taqozosi ayni partiya 2015 saylov  qutisi xodimlarining xatolari  ovozni bekor qilmasligi kerak  iddaosi bilan oliy saylov kengashi murojaat qilgan edi. Oliy saylov kengashi 1984- yilidan beri ko’plab marotaba  bo’lganidek, 2015- yilida ham muxolif partiya bilan bir xil fikrda edi.

         Har ovoz berish markazida ikki tomoning ham namoyandasi mavjud bo’lganini  o’ylab qaraganda, qoidabuzarlik imkonsiz. Hatto muxolif partiya  namoyandalari ko’plab muhrsiz konvertga ovoz bergan edi.

Boshqa tomondan, xalqaro kuzatuvchilar Turk siyosatida taraf tutmoqda va tarqatgan hisobotlar , “ rad” kompaniyasi yuritganlar va chet el matbuoti tomonidan referendumda qoidabuzarlik qilindi  dalili  deb  ko’rsatilgan. Xalqaro kuzatuvchilar Turkiya va Yevropa ittifoqi tomonidan terror tashkiloti sifatida qabul qilingan PKKning bayroqlari bilan tavirga tushirgan fotosuratlar ijtimoiy tarmoqda fosh qilindi.

         Barcha tasvirlarga qaramasdan, Konstitutsiya an’anasi 19- asrning o’rtalariga tayangan Turkiya, yana ham kuchli va yana ham chidamli bir demokratiyaga to’g’ri katta qadamlar tashlandi.

Endi kelgusi qiyin kunlar ustida to’xtatishimiz kerak.

         Referendumdan oldin Turkiyaning Yevropa ittifoqi bilan aloqalarining kelajagi bilan tegishli savollar kun tartibiga kelgan edi. Ba’zi Yevropa o’lkalari, Turk vazirlarining   va Konstitutsiya o’zgarishidan tarafdor bo’lgan boshqa qismlar, o’lkalaridagi Turk saylovchilar bilan uchrashuv o’tkazilishiga to’siq bo’lar ekan, PKK a’zolari bilan birgalikda “ rad” kompaniyasini yuritganlarni  ochiq himoya qildi. Barcha bu taraqqiyotlar Brusselning Turkiya oldida e’tibori kamaydi.

         Referendumdan beri esa Yevropadagi haddan tashqari o'ng harakatlar, Turk yurtdoshlariga o’lkalariga qaytishlarini aytdi. Bu qit’aning kelajagi jihatidan ba’zi savollar  tug’dirdi. Yevropalik liderlar o’zlariga NATOning eng katta ikkinchi qo’shiniga ega Turkiya bilan yo’llarini arib ayirmaslik savollarini

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdo’g’an qisqa muddat oldin ma’lum qildi.  Brussel Turkiyaning a’zolik jarayoni mavzusida samimiy ravishda yondashishini istaymiz deb ta’kidladi.

Turkiya bilan Yevropa ittifoqi orasida imzolangan qochqin  bitimining ortidan Yevropalik liderlar  o’z mas’uliyatlarini bajo keltirishi kerak. Bunga qaramasdan Turklar uch millionlab  Suriyalikni mehmon qilishda davom etmoqda.

Turkiya milliy daromadidan  gumanitar yordamga ajratgan mablag’  o’lkalar ro’yxatida birinchi o’rinda joy olmoqda.

         Boshqa tomondan Turk  maxsus harakat birliklari, Erkin Suriya qo’shini bilan hamkorlikda ikki ming kilometrlik maydonni ISHhIT terroristlarining qo’lidan olib ozod qildi.

Turk qo’shini tomonidan ta’lim berilgan bir ko’ngilli  kuchi esa Iroqning Mo’sul shaharida yana IShITga qarshi urushmoqdalar . Yaqin sharqga tinchlik va barqorlik keltirish mavzusida do’stlarimiz va ittifoqdoshlarimiz Turkiyaning uzoq muddatli va’dalariga ishona oladilar.

         Konstitutsiyaviy  islohot jihatida ovoz bergan  Turk xalqi, o’lkaning zaif, qisqa muddatli va mos bo’lmagan koalitsiya hukumatlari tomonidan boshqarish xatarining oldini  oldi. Bu tur boshqaruvlar sababi bilan 1970- 1990 davrida iqtisodiy inqirozlar Turkiyani tark etmadi.

         Har o’lka  o’ziga xos qiyinchiliklar bilan duch keladi va bundan bir narsalar o’rganadi. Turk xalqi uchun 20- asrning  eng muhim saboqlaridan   biri siyosiy barqarorlikning  qanchalik muhim ekanligi edi. Millionlab Turk, o’lkaning kelajagini nasllar bo’yi kafolatga oladigan bir islohot uchun ovoz berdilar.  

 

 

 



Aloqador xabarlar