Hakkarida terroristlar bilan askarlar o’rtasida otishma sodir bo'ldi

Harbiy baza joylashgan zonaga kirmoqchi bo’lgan terroristlar bilan otishmaga kirgan 7 ta askar yaralandi.

725751
Hakkarida terroristlar bilan askarlar o’rtasida otishma sodir bo'ldi

Turkiyaning Hakkari viloyati Chukurja tumanida bir guruh terroristlar bilan askarlar o’rtasida otishma yuz berdi.

Harbiy baza joylashgan zonaga kirmoqchi bo’lgan terroristlar bilan otishmaga kirgan 7 ta askar yaralandi.

Hakkari viloyati hokimiyati ma’lum qilishicha, yarador askarlar Hakkari Davlat shifoxonasiga yotkizilgan.

Askarlardan birining ahvoli og’ir ekani aytilmoqda.

Otishmalarda 2 ta terrorist o’ldirilgan.

Turkiya Qurolli kuchlari Chukurja tumanidagi tog’liq hududda va Iroqning shimolidagi Zap hududida havodan operatsiya o’tkazdi.

Operatsiyada terroristlarga tegishli ob’yektlar, boshpana va yer to’lalar harbiy samolyotlar vositasida portlatildi.

“Bugun ertalab Hakkarining Chukurja tumanida olib borilgan operatsiyada bir guruh terroristning hujumga tayyorgarlik ko’rayotgani aniqlandi va darhol buni oldini olish uchun chora ko’rildi”,-deyiladi Turkiya Qurolli kuchlari bayonotida.

Havo kuchlariga tegishli harbiy samolyotlar Chukurjadagi tog’liq hududlar bilan Iroqning shimolidagi Zap hududida havo harakatini amalga oshirdi.

 

 



Aloqador xabarlar