Turkiya bugun “23-aprel Milliy Mustaqillik va bolalar bayrami”ni nishonlamoqda

Bugun Turkiyada, "23-aprel Milliy Mustaqillik va bolalar bayrami".

717077
Turkiya bugun “23-aprel Milliy Mustaqillik va bolalar bayrami”ni nishonlamoqda

Bugun Turkiya Respublikasi o’zining eng asosiy bayramini-Milliy Mustaqillik va bolalar kunini nishonlamoqda. Ushbu kunda bundan roppa-rosa 97 yil muqaddam yani, 1920-yilning 23-apreli kuni Usmoniy saltanati bekor qilinib, Turkiya Buyuk Millat Majlisining darvozasi tantanali marosim bilan ochildi. Buning sharafiga “23-aprel” Turkiya Buyuk Millat Majlisi tomonidan bolalarga, faqatgina turk bolalariga emas butun dunyo bolalariga sovg’a qilindi. 23-aprel o’sha-o’sha, Turkiyada Milliy mustaqillik va bolalar bayrami sifatida nishonlanib kelmoqda.  Shunday ekan bu kun Turkiyaning to’rt burchagida, maktab yoshidagi bolalar o’rtasida ajoyib marosim bilan nishonlanmoqda. Bolalar o’qituvchilari tomonidan uyushtirilgan tadbirlarda ishtirok etib, oila a’zolari oldida raqs tushib, o’yin-kulgu bilan bayram nishonlamoqda.

 



Aloqador xabarlar