Turkiyada favqulodda holat tartibi yana 3 oyga uzaytirildi

Bunga doir Bosh vazirlik qarornomasi Turkiya Oliy majlisi umumiy kengashida qabul qilindi.

715950
Turkiyada favqulodda holat tartibi yana 3 oyga uzaytirildi

Turkiyada favqulodda holat tartibi 19 aprel chorshanba kuni soat 01:00dan e’tiboran yana 3 oyga uzaytirildi.

Bunga doir Bosh vazirlik qarornomasi Turkiya Oliy majlisi umumiy kengashida qabul qilindi.

Bosh vazir o’rinbosari Numan Kurtulmush ma’lum qilishicha, mamlakatda favqulodda holat muddatini uzaytirishning asosiy sabablaridan biri Fathulloh Gulen harakatini bartaraf etishdir.

Uning aytishicha, Turkiyada Fathulloh Gulen harakatiga qarshi kurash davom etar ekan, hamon yashirincha faoliyat olib borgan ko’plab harakat a’zolarini payqash mumkin. Bularni davlatdan tozalash katta javobgarlik va mas’uliyat talab qiladi.

Biroq, mamlakatda kundalik hayot odatdagidek davom etadi.

Dastlab, 2016 yil iyul voqealaridan keyin 21 avgust kuni joriy etilgan favqulodda holat tartibi shu tariqa uchinchi marta uzaytirilgan bo’ldi.

Natijada, Turkiyada favqulodda holat tartibi 2017 yil 19 iyulgacha davom etadi.

Turkiya bo’ylab tadbiq etilgan favbqulodda holat tartibining bugun, 9 apreldan e’tiboran yana 3 oyga uzaytirilishi to’g’risidagi Turkiya Oliy majlisi qarori rasmiy gazetada chop etildi.

Eslatma: 2016 yilning 16 iyulga o'tar kechasi Fathulloh Gulen harakati tomonidan davlatga qarshi isyon ko’tarilgan edi.

Ushbu isyon turk xalqi va hukumati tomonidan bostirildi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar