Prezident Erdog’an xristian aholisini Pasxa bayrami bilan tabrikladi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an mamlakatdagi xristian aholisini bugungi Pasxa bayrami bilan tabriklab, diniy bayramlarning jamiyatdagi o’rniga, manaviy mazmuniga to’xtaldi.

713623
Prezident Erdog’an xristian aholisini Pasxa bayrami bilan tabrikladi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an mamlakatdagi xristian aholisini bugungi Pasxa bayrami bilan tabriklab, diniy bayramlarning jamiyatdagi o’rniga, manaviy mazmuniga to’xtaldi va uning o’zaro mehr-oqibat, birlik va hamjihatlik asosi ekanligini qayd etdi.

Prezident Erdog’an shuningdek,

"Kimning ishonchi, dini, mazhabi va etnik kelib chiqish tarixi nima bo’lishidan qat’iy nazar biz barcha fuqarolarimizning o’z dini, madaniyati va an’anasini bemalol, erkin ravishda davom ettirishiga katta ahamiyat beramiz. Xilma-xillikni boylik deb qabul qilgan, o’zaro hurmat va mehr-muhabbat asosida qadimiy madaniyatning mansubi sifatida biz turli dinlar va jamoatlarning bu hududda tinchlik va totuvlik ichida gullab yashnashini va buning butun dunyoga o’rnak bo’lishini umid qilamiz. Huddi shunday tuyg’ular bilan xristian yurttoshlarimiz bosh bo’lish bilan birga butun dunyo xristianlarini Pasxa bayrami bilan tabriklab ularga, sog’lik va salomatlik tilayman” dedi.



Aloqador xabarlar