Chavusho'g'li Alaniyada, Turkiya kun tartibi haqida bayonot berdi

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Alaniyada Turkiya kun tartibi haqida bayonot berar ekan unda, Turkiyaning Astana muzokarasidagi o'rni va Turkiya-Rossiya munosabatiga to'xtaldi.

713540
Chavusho'g'li Alaniyada, Turkiya kun tartibi haqida bayonot berdi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Astana jarayonining davom etajagini eslatib, muammoni siyosiy yo’ldan hal qilish borasida yana-da qarorli ekanliklarini ma’lum qildi.  

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li  Turkiyaning Antaliya viloyatining Alaniya tumanida Turkiya kun tartibi haqida bayonot berdi.

Chavusho’g’li Turkiya-Rossiya munosabatining qayta tiklanganligini, uchinchi voqeadan dars olib bundan buyon yana-da mustahkamlash yo’lida faoliyat olib borajaklarini qayd etdi.

Rossiya bilan “Turk oqimi” va “Akkuyu” kabi yirik loyihalar amalga oshirayotganliklarini ta’kidlagan Chavusho’g’li boshqa sohalarda ham ikki mamlakat munosabatini mustahkamlash uchun mexnat qilayotganliklarini ta’kidladi.   

Suriyada o’q uzishni to’xtatish kelishuvining kuchga kirishini ta’minlash, mintaqaga gumanitar yordam yetkazib berish, ichki urushga aylangan mamlakat muammosini siyosiy yo’llar orqali hal qilish masalalarida qarorli ravishda birgalikda ish olib borgan ikki mamlakatning Rossiya bilan Turkiya ekanligiga e’tibor qaratgan Chavusho’g’li,

“Ayniqsa oxirgi olti oydan beri Suriyaning tinchligi uchun qilgan mexnatimizning ba’zilari ijobiy natija berdi. Astana jarayoni davom etadi. Muammoni siyosiy yo’llar orqali hal qilish uchun yana-da qarorli bo’lamiz. Chunki, agar Turkiya bilan Rossiya birgalikda faoliyat olib borgudek bo’lsa unda bu ikki mamlakat nafaqat o’zaro manfaatlar uchun balki, mintaqa muammosini hal qilishga ham katta hissa qo’shadi” dedi.

Chavusho’g’li Antaliyada, Alaniyada rossiyalik sayyohlarni yana-da ko’proq mehmon qilmoqchi ekanliklarini ham eslatib o’tar ekan charter reyslarida hech qanday muammo yo’qligini ham o’z so’ziga ilova etdi.

Rossiya sug'urta kompaniyasining Rossiya fuqarolarining Turkiyada, shu jumladan Antaliyada davolanishi uchun faoliyat olib borayotganligini ham eslatgan Mevlut Chavusho’g’li,  Antaliyada birinichi marotaba uyushtirilgan tibbiy va sport turizmida 20 ming Rossiya fuqarosining davolanishi to’g’risidagi shartnomaga qo’l qo’yilganligini qayd etdi.  

Rossiya fuqarolariga qarshi qo’sh fuqarolik masalasida Turkiya qonunlarida hech qanday muammoning yo’qligiga e’tibor qaratgan Chavusho’g’li,

“Biz qo’sh fuqarolikga ruxsat beryapmiz lekin rossiyaliklar murojaat chog’ida ba’zi muammolarga duch kelmoqda. U ham bo’lsa Rossiyaning fuqarolik qoidalari asosida. Buni biz kelajakda rus do’stlarimiz bilan birgalikda qo’lga olib, hal qilamiz” deya gapirdi.  

Tashqi ishlar vaziri, Ukraina bilan pasportsiz kirish uchun protokolga qo’l qo’yganliklarini va bu yilgi yoz mavsumida ukrainaliklarning pasportsiz, ID-karta bilangina Turkiyaga kelishi mumkinligini eslatar ekan, huddi shunday masala bo’yicha Rossiya bilan ham uchrashuvlarning boshlatilganligini va buni muvaffaqiyatli ravishda tamomlayajaklarini qayd etdi.

Kuchli Turkiyaning hech kimga zarari tegmasligini, mintaqaga foydali bolajagini nazarda tutgan Mevlut Chavusho’g’li ba’zi G’arb, Yevropa davlatlarining Rossiya bilan Turkiyaning ichki ishlariga aralashishni xush ko’rishini, uzoq yillardan buyon bundan voz kecholmaganliklarini ifodaladi.    

U mamlakatlarning o’zlarini dunyoning boshqa davlatlaridan ustun ko’rganligini qayd etgan Chavusho’g’li, “Ular bu odatidan voz kecholmayapti. Biz Yevropada 5 million fuqaromiz bo’lishiga qaramay u yerdagi saylovlarga aralashayotganimiz yo’q. Shuningdek, Rossiya bilan bo’lgan munosabatimizni mustahkamlaganimizdan ham bezovtalar” dedi.  

Na Turkiyada, na Rossiyada… dunyoning hech qaysi davlatida terroristlar bo’lmasligi kerakligini tilga olgan Chavusho’g’li, terrorning hamma uchun xavf tug’dirganligini ta’kidladi.

Chavusho’g’li o’z so’zini, “Terrorizm odam bolasiga qarshi amalga oshirilgan katta jinoyatdir. Turkiya-Rossiya hamkorligini orttiramiz. Mutaxassislarimiz oldingiga qaraganda bugungi kunda yana-da tez-tez uchrasha boshladilar” deya yakunladi.

 



Aloqador xabarlar