Bugun Turkiyada konstitutsiyaga o'zgartirish kiritish bo'yicha referendum bo'lib o'tmoqda

Bugun Turkiya Respublikasi tarixida shu bilan yettinchi marotaba konstitutsiyaga o’zgartirish kiritish bo’yicha referendum bo’lib o’tmoqda.

713421
Bugun Turkiyada konstitutsiyaga o'zgartirish kiritish bo'yicha referendum bo'lib o'tmoqda

Bugun Turkiya Respublikasi tarixida shu bilan yettinchi marotaba konstitutsiyaga o’zgartirish kiritish bo’yicha referendum bo’lib o’tmoqda.

Bu galgi konstitutsiyaga 18 moddalik o’zgartirish kiritish taklifiga bag’ishlangan referendum bugun mahalliy vaqt bilan Turkiyaning Adiyaman, Ag’ri, Artvin, Bingo’l, Bitlis, Diyarbakir, Elazig’, Erzinjan, Erzurum, Gaziantep, Giresun, Gumusxane, Hakkari, Kars, Malatiya, Kahramanmarash, Mardin, Mush, Ordu, Rize, Siirt, Sivas, Trabzon, Tunjeli, Shanliurfa, Van, Bayburt, Batman, Shirnak, Ardahan, Ig’dir va Kilis viloyatlarida soat 07:00 da, yuqorida nomi tilga olinmagan boshqa markaz va g’arb viloyatlarida esa soat 08:00 da boshladi. Soat 07:00 da boshlagan ba’zi sharq mintaqalarida ovoz berish faoliyati soat 16:00 da, soat 08:00 da boshlagan markaz va g’arb viloyatlarida esa soat 17:00 da o’z nihoyasiga yetadi.  

Ushbu referendumda saylovchilar bugun 18 moddalik taklif tarkibida “Prezidentlik boshqaruvi” uchun ham ovoz beradi.

Bugungi referendum uchun Turkiyaning 81 viloyatida 167 ming 140 ta saylov uchastkasida roppa-rosa 55 million 319 ming 222 nafar saylovchining ovoz berishi qayd etilgan. Bundan tashqari qamoqxonalarda 461 ta saylov uchastkasi ochildi. Chet elda yashagan turkiyaliklar esa 27-martdan boshlab 9-aprelgacha ovoz berib bolishgan.

Muddatidan oldin chet elda ovoz bergan turkiyalik saylovchilarning ovozlari esa bugun Turkiyadagi saylov uchastkalarining yopilishi bilan birga sanala boshlaydi.

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #konstitutsiya , #referendum

Aloqador xabarlar