Turkiya terrorizmni keskin qoralab, Shvetsiyaga hamdardlik bildirdi

Kecha Shvetsiya poytaxti Stokgolmda bir yuk tashuvchi mashinaning bir magazinga bostirib kirishi oqibatida 4 kishi jon berib, 15 kishi tan jarohati olgan edi.

708517
Turkiya terrorizmni keskin qoralab, Shvetsiyaga hamdardlik bildirdi

Bosh vazir Binali Yildirim Shvetsiya poytaxti Stokgolm markazida uyushtirilgan terror hujumi yuzasidan shvetsiyalik kasbdoshi Stefan Lo’vfenga ta’ziya izhor etib, hamdardlik bildirdi.

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ham bu boradagi yozma ravishda bergan bayonotida hujumni keskin qoralaganligini ma’lum qildi.

O’z bayonotida terror hujumi yuzasidan gunohsiz insonlarning jon berishi va tan jarohati olishi haqidagi xabarni chuqur qayg’u bilan olganligini qayd etgan Tashqi ishlar vazirligi shuningdek,

“Bu va bunga o’xshash hujumlarga bir necha marotaba ma’ruz qolgan bir davlat sifatida Turkiya va turk xalqi Shvetsiya va xalqiga hamdardlik bildiradi. Terrorizmga qarshi kurashdagi hamkorlikning ahamiyatini ta’kidlab, har qanday terrorga qarshi xalqaro hamjamiyat bilan o’z kurashimizni birgalikda, qarorlilik bilan davom ettirajagimizni yana bir bor aytib o’tmoqchimiz” dedi.

Yevropa ittifoqi va Bosh muzokarachi O’mer Chelik esa hujumni o’zining twitter sahisa orqali qoralab,

“Qalbimiz Shvetsiya va xalqi bilan birga. Terrorizmga qarshi kurashda hamkorlik qilishga majburmiz” dedi.

Aytib o’tish joizki Shvetsiya poytaxti Stokgolmda kecha bir yuk tashuvchi mashinaning bir magazinga bostirib kirishi oqibatida 4 kishi jon berib, 15 kishi tan jarohati olgan edi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Shvetsiya , #Stokgolm , #terror hujumi , #ta'ziya

Aloqador xabarlar