Ibrahim Kalin:"Turkiya Amerikaning Asad rejimiga qarshi hujumini ijobiy baholaydi"

Turkiya Prezidentlik voizi Ibrahim Kalin Amerika tomonidan Humusda joylashgan Shayrat harbiy bazasiga qarshi bugun tongda sodir qilingan havo hujumini Beshar Asad rejimining jinoyatlariga nisbatan berilgan qattiq jazo sifatida baholadi.

707804

Bosh vazir o’rinbosari Numan Kurtulmush Suriyada rejim kuchlariga tegishli harbiy bazaning portlatilganini ijobiy tashabbus deb baholadi.

Amerikaning bu operatsiyasi tinchlikka hissa qo’shishini tilga olgan Kurtulmush: “Beshar Asad rejimi o’z xalqiga zarar bera olmaydigan darajaga yetgunicha BMT sanksiya joriy etishi zarur”,-dedi.

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi ham Amerikaning Suriyaga hujumini ijobiy baholadi.

“Asadning jinoyatlariga nisbatan jazo sifatida amalga oshirilgan bunday tashabbuslar Turkiya tomonidan qo’llab quvvatlanadi”,-deyiladi bayonotda.

Aloqador xabarlar