Turkiya Asad rejimining Idlibda uyushtirgan kimyoviy hujumini keskin qoraladi

Aytib o’tish joizki Suriyaning Idlib shahrida uyushtirilgan kimyoviy qurol hujumidan salbiy ta’sir ko’rib Turkiyaga olib kelinganlar soni 32 nafarga yetdi.

706021
Turkiya Asad rejimining Idlibda uyushtirgan kimyoviy hujumini keskin qoraladi
suriyee.jpg

Turkiya Bashar al-Asad rejimining Suriyaning Idlib shahrida uyushtirgan kimyoviy hujumini keskin qoralab, xalqaro hamjamiyatning bunday hujumlar ustidan tezlik bilan tergov ishlari boshlatishi kerakligini ta’kidladi.

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bu haqidagi bayonotida, Suriyaning Idlib viloyatiga qarashli Hon Shayhun mintaqasiga qarshi rejim kuchlari tomonidan uyushtirilgan va ko’pchiligi bolalardan iborat bo’lgan onlab gunohsiz insonlarning o’limiga yo’l ochgan hujumlarni keskin qoraladi.  

Shuningdek, hujumlar haqidagi ma’lumotlarning Asad rejimining Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining 2118 va 2209 sonli qarorining aniq buzilishini tashkil etgan kimyoviy quroldan foydalanishni davom ettirganligiga e’tibor qaratganligini ta’kidladi.

Bunga ilova sifatida,

“Xalqaro hamjamiyatning bu hujumlarga qarshi e’tiroz bildirishini, Kimyoviy qurollarni ta’qiqlash bo’yicha tashkilot bosh bo’lish bilan birga barcha xalqaro tashkilotlarning yaqinda va o’tmishda yuz bergan, bu va bunga o’xshash hujumlar ustidan tezlik bilan tergov ishlari boshlatajagini kutib qolamiz. Suriya rejimiga kafil hisoblangan tomonlarning o’q uzishni to’xtatish kelishuvinining buzilishiga yo’l ochgan va batamom tinch aholini nishonga olgan hujumlarni tezlik bilan to’xtatishi sharti bilan o’z javobgarchiliklarini olishga chaqiramiz” dedi.  

Turkiya Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Ibrahim Kalin Suriyada yuz bergan kimyoviy hujumning urush jinoyati va insoniyatga qarshi amalga oshirilgan jinoyat doirasida baholanishi kerakligini qayd etdi.

Yevropa ittifoqi va Bosh muzokarachi O’mer Chelik ham o’zining twitter sahifasi orqali ushbu hujumlarni keskin qoralar ekan,

“Suriyada faqatgina odamlar emas, ayni vaqtda odamgarchilik o’ldirilmoqda. Buning to’xtatilishi uchun yana nechta suriyalik godakning jon berishi kerak” dedi.  

Aytib o’tish joizki Suriyaning Idlib shahrida uyushtirilgan kimyoviy qurol hujumidan salbiy ta’sir ko’rib Turkiyaga olib kelinganlar soni 32 nafarga yetdi.

Ahvoli og’ir bo’lgan 2 kishi shifokorlarning barcha urinishlariga qaramay jon berdi.

Turkiyaning Hatay viloyatining, Reyhanli tumanida joylashgan Jilvego’zlu chegara darvozasiga olib kelingan suriyaliklar, maxsus kiyimdagi shifokorlar tomonidan tibbiy ko’rikdan o’tkazilib, ortidan Turkiyaga o’tishiga ruxsat berilmoqda.



Aloqador xabarlar